Hozirgi kunda Özbekistonda BYD avtomobillarining yagona rasmiy distribyutori “BYD Central Asia” kompaniyasi hisoblanadi va mamlakat böylab 18 ta rasmiy dilerlik va xizmat körsatiş markazlariga ega (dilerlarning kontaktlari va nomlari)
BYD Özbekiston bozoriga kirib kelgaç, özbek va rus tillarida, 4G bulut xizmati bilan jihozlangan multimedia tizimini va masofadan turib avtomobilni boşqariş dasturini taqdim etdi. Şu kabi qöşimça imkoniyatlar mahalliy iste’molçilar uçun avtomobil boşqaruvini sezilarli darajada yaxşilaydi .
Bundan taşqari, rasmiy dilerlarimiz orqali sotiladigan avtomobillar mahalliy bozorga moslaştirilgan. Xususan, ular yuqori quvvatga ega modernizatsiya qilingan konditsioner kompressoriga ega bölib, bu yozning jazirama kunlarida ham optimal sovutiş samaradorligini ta’minlaydi. DM-i super-gibrid boşqaruv tizimi ham mahalliy bozordagi yoqilği sifatini hisobga olgan holda sozlanmoqda, bu esa avtomobilning energiya samaradorligini va mahsulot barqarorligini yanada oşirişga yordam beradi. Bu esa rasmiy dilerlik markazlari tomonidan taklif etilayotgan avtomobillar Özbekistonning real şaroitlariga töliq moslaşganini hamda ularning "norasmiy import" orqali olib kelingan avtomobillar bilan soliştirganda uzoqroq muddat xizmat qilişi va yuqori sifatga ega bölişini körsatadi.
Şuni ta’kidlaş kerakki, rasmiy dilerlik markazlaridan sotib olingan barça BYD avtomobillari brendning sanoat standartlariga muvofiq kafolati bilan ta’minlangan (avtomobil uçun 6 yil yoki 150 000 km va batareya, elektr dvigatel va elektron boşqariş moduli uçun 8 yil). Uşbu kafolatni norasmiy importyorlar taqdim qila olmaydi.
Özbekistonga “norasmiy import” orqali olib kelinadigan avtomobillar sonining köpligi va ular bilan rasmiy dilerlik markazlari tomonidan taklif etilayotgan avtomobillar orasidagi sezilarli texnik farqlarni hisobga olib, BYD “parallel import”ni qöllab-quvvatlamasligini ma’lum qiladi. Uşbu norasmiy kanallar orqali sotib olingan avtomobillar rasmiy kafolatga ega bölmaydi. Şu sababli, BYDning rasmiy dilerlari sertifikatlanmagan tarzda olib kelingan avtomobillarga kafolat xizmatini körsatmaydi. Bundan taşqari, barça multi brendli dilerlarga rasmiy tartib-qoidalarga rioya qilmasdan olib kelingan avtomobillarni sotmaslik töğrisida qat’iy körsatmalar berildi, çunki bu transport vositalarining sifati va yaroqliligini xavf ostiga qöyadi.
Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, biz mijozlarimizdan avtomobil sotib olişda ehtiyotkor bölişlarini va yuqori sifatli, xalqaro standartlarga ega bölgan rasmiy diler tanlaşingizni sörab qolamiz.
Bizni qöllab-quvvatlaganingiz va bizga bildirgan işonçingiz uçun minnadormiz.