Toşkentdagi Turin politexnika universitetida bitiruvçilarga diplom topşiriş marosimi bölib ötdi. Tadbirda universitet jamoasi bitiruvçi talabalar va ularning ota-onalari iştirok etişdi. Unda sözga çiqqanlar taşkil etilganidan buyon uşbu universitetni bitirib çiqayotgan yoşlar bugungi kunda yurtimiz hayotining turli sohalarida faoliyat yuritayotganini, ayni paytda öz diplomlarini qölga kiritgan yoşlar ham mamlakatimiz ravnaqi uçun özlarining munosib hissasini qöşişini ta'kidlab ötişdi. Öz örnida talabar nomidan sözga çiqqanlar ham ularning mana şunday qulay şart-şaroitlarda ta'lim olişlari uçun barça şaroitlarni yaratib bergan respublikamiz hukumatiga, universitet jamoasiga hamda professor öqituvçilarga öz minnatdorçiliklarini izhor etişdi. Tadbirda bitiruvçilarga diplom va sertifikatlar topşirilgaç, universitetning eng namunali deb topilgan 15 nafar talabasiga ham esdalik sovğalari topşirildi.