Joriy yilning 17 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Ergaşev Baxrom Maxmudjonoviç tomondan “Özavtosanoat” AJ Boşqaruvçi raisi Şavkat Umurzoqov diqqatiga!!” sarlavhasi ostida "UzAuto Motors" taşkilotga tuhmat ayblov tarqatgan.
Tarqalgan ma'lumotlarni “UzAuto Motors” AJ tomondan örganib şu ma'lum böldiki, Ergaşev Baxrom Maxmudjanoviç “Sirdaryo Avtotexxizmat” MÇJda Marketing va savdo bölimi mutaxassisi vazifasida 2013 yilda emas, 2021-2022 yillarda işlagan.
B.Ergaşev 2023 yil mart oyida “UzAuto Motors” AJga yozma ravişda murojaat qilib, “Sirdaryo Avtotexxizmat” AJda işlagan davrida Angren şahridan bir neça marotaba avtomaşinalarni taşib kelganligi, uşbu har bir avtomaşina uçun “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomaşina narxining 0,5 foizi taşib keliş harajati sifatida jamiyatga qoplanib kelingan bölsada “Sirdaryo Avtotexxizmat” MÇJ tomonidan unga uşbu pullar tölab berilmaganligi va jamiyat tomonidan mablağlar özlaştirib yuborilganligini bayon qilib, unga özi tomonidan taşib kelingan avtomaşinalarning har biri uçun narxining 0,5 foizini undirib berilişida amaliy yordam berilişini söragan.
Mazkur B.Ergaşevning murojaatlari “UzAuto Motors” AJ Biznesni rivojlantiriş va dilerlik korxonalarini monitoring qiliş bölimi tomonidan örganib çiqilgan bölib, örganiş jarayonida B.Ergaşev bilan telefon orqali bir neça marotaba suxbatlaşilgan, undan murojaatida keltirilgan holatlarni, ya'ni unga mablağlar noqonuniy özlaştirilganligi va unga pul tölab berilmayotganligi holatlari böyiça asoslantiruvçi yuridik kuçga ega bölgan hujjatlar taqdim qilinişi söralgan, lekin B.Ergaşev şunday hujjatlarni taqdim eta olmagan.
Unga köra, B.Ergaşevning murojaatda keltirilgan holatlar öz tasdiğini topmaganligi sababli, “UzAuto Motors” AJ tomonidan unga rasman javob xati yuborilib, “Sirdaryo Avtotexxizmat” MÇJdan xizmat haqi undiriş masalasidagi vaji yuzasidan Sud organlariga murojaat qilişi mumkinligi tuşuntirilgan.
Bundan taşqari, B.Ergaşev “Sirdaryo Avtotexxizmat” MÇJda Marketing va savdo bölimi mutaxassisi vazifasida işlagan davrida özining xizmat mavqeyidan foydalanib, takroran firibgarlik hamda rasmiy hujjatlarni tayyorlab, qalbakilaştiriş jinoyatlarini sodir etib kelganligi, jumladan “Avtosanoatinvest” MÇJ tomonidan taşkil etilgan aksiya doirasida bölib tölaş şartlarida berilgan avtomaşinalar mijozlardan pul mablağlarini olib, “Avtosanoatinvest” MÇJning xisob raqamiga kirim qilmasdan öz ehtiyojlariga işlatib yuborib, özining jinoiy xarakatlarini foş etilişini oldini oliş va yaşiriş maqsadida Majburiy ijro byurosiga uşbu mijozlarning qarzi yöqligi haqidagi xatlarni soxtalaştirib tayyorlab, taqdim etib kelganligi aniqlangan. B.Ergaşev tergov va sud jarayonida özining körsatuvlarida haqiqatdan ham uşbu fuqarolardan pullarni olib xisob raqamga kirim qilmaganligini, olgan pullardan bir qismini mijozlarning avtomaşinalarini Angren şahridagi “Avtosanoat terminal” MÇJdan taşib keliş uçun işlatganligini bayon qilib kelgan, biroq tergov yoki sud davrida uning uşbu vajlari öz tasdiğini topmagan.
Jinoyat işlari böyiça Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov harakatlari natijasida, uşbu tuman sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining hukumi bilan aybli jazo mukaramligi ta'minlangan.