
“Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boşqaruvi raisi
Tarjimai hol:
Uluğbek Rozukulov 1969-yilda tuğilgan.
1993-yilda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1996-yilda Rossiya Fanlar Akademiyasining Iqtisodiyot ilmiy tadqiqot instituti aspiranturasini tamomlab, iqtisodiyot fanlari PhD ilmiy darajasini olgan.
Mehnat faoliyati:
1996-1998-yy. – Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
1997-1998-yy. – Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Ğaznaçilik boş boşqarmasi boşliği.
1998-2003-yy. – Moliya vazirligi Valyuta va iqtisodiyot departamenti boşliği.
2003-2005-yy. – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taşqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar departamenti boşliği.
2005-2006-yy. – Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari.
2006-yil. – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari Yiğma axborot-tahlili departamenti boşliği.
2006-2007-yy. – Özbekiston Respublikasining Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ijro etuvçi direktori.
2007-2008-yy. – “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boşqaruvi raisi.
2008-2017-yy. – “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boşqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritiş bilan birga, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari. Toşkentdagi Turin politexnika universiteti rektori.
2017-2018-yy. – “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasi Boş direktori.
2018-2023-yy. – Özbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elçisi.
2019-2023-yy. – Özbekiston Respublikasining Vetnam Sotsialistik Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elçisi hamda Özbekiston Respublikasining ASEAN huzuridagi doimiy vakili.
2023 y. - h.v. – “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boşqaruvi raisi.
2023 y. - h.v. – Özbekiston Respublikasi Gimnastika federatsiyasi raisi.
Mukofotlari
2011-yil–Özbekiston iqtisodiyoti va madaniy rivojiga qöşgan ulkan hissasi, xalq farovonligini oşiriş, tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaşdagi xizmatlari uçun “Mehnat Şuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Yangilandi: 22-02-2025