Ranglar sxemasi
Shrift o'lchami

Kamalov Zoxid Rustamovich

Zoxid Kamalov 1980-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan. 2007-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Rus tilini biladi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, “AUTO PLANET” MChJ direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Zoxid Kamalov mehnat faoliyatini xususiy tadbirkor sifatida boshlagan. Keyinchalik “Namangan-Avtotexxizmat” MChJ Boshqaruv raisi, “Oʻzavtosanoatservis” MChJ Bosh direktori, “Avtosanoat Invest” MChJ Bosh direktori, “AUTO PLANET” MChJ direktor oʻrinbosari va direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida Rais oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi hamda Rais maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. Avtomobil sanoati, korporativ boshqaruv va biznesni rivojlantirish yoʻnalishlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan malakali mutaxassis hisoblanadi.

Yangilandi: 06-07-2026