“UzAuto Motors” faqat eng zamonaviy avtomobillarni...
“UzAuto Motors” AJ joriy yilning birinçi 10 oyligida 280 ming dona avtomobil işlab çiqardi. Şuningdek iste’molçilarning talablarini inobatga olib, yangi avtomobil modellarini işlab çiqarişni yölga qöydi. Iste’molçilarning zamonaviy avtomobilga bölgan talabining ortib borayotganligi sababli, “UzAuto Motors” işlab çiqariş liniyalarini bosqiçma-bosqiç yangi avtomobil modellariga ötkazmoqda.
Detroytda General Motors kompaniyasi vakillari bilan modellar qatorini yangilaş va işlab çiqariş hajmini oşiriş doirasida ötkazilgan muzokaralarda, UzAuto Motors zavodi işlab çiqariş quvvatini sezilarli darajada oşiriş böyiça kelişuvga erişildi. Şuningdek, Chevrolet Tracker va Onix bilan bir qatorda Chevrolet avtomobillarining zamonaviy modellari bilan kengaytiriş va işlab çiqarilayotganlarini yangilaş (facelift) böyiça işlar olib borilmoqda.
Aytib ötadigan bölsak, joriy yilning iyul oyida Chevrolet Tracker avtomobili işlab çiqarilişini yölga qöydi. Oradan bir hafta ötgaç, PPV (пред-продакшн) bosqiçida birinçi Chevrolet Onix avtomobilini işlab çiqardi. 2023 yil boşida Chevrolet Onix avtomobilini işlab çiqariş rejalaştirilgan.