Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi qaroriga muvofiq, qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqariş va sotib olişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş böyiça yangi tizim yaratilgan edi. Bu öz natijalarini berib, fermer va dehqonlar unumdor texnikalarga ega bölmoqda. Jumladan, şu yil birinçi çorakning özida 1 ming 600 ta texnika uçun 23 milliard söm subsidiya ajratildi.
Modernizasiya natijasida 2021 yilda traktorlar tannarxi 4 ming 600 dollarga arzonlaştirilgan. Ayni paytda, ilgari zarar bilan işlagan tarmoq korxonalari foydaga çiqqan.
Sohani sanoat klasteri usulida rivojlantiriş maqsadida Çirçiqda qişloq xöjaligi maşinasozligi klasteri taşkil etilmoqda. Bugungi kunda u yerga sobiq “Texnolog” va “Agregat” zavodlari uskunalari töliq köçirilgan.
Taqdimotda şunday işlar va navbatdagi rejalar körib çiqildi.
"Qişloq xöjaligi maşinasozligi – katta va muhim tarmoq. Bu hosildorlik yuqoriligi, oziq-ovqat xavfsizligi bilan boğliq masala. Zamonaviy texnikalar işlab çiqarişni özlaştiriş, sifat va xizmat nuqtai nazaridan hali qilinadigan işlar köp", – dedi Şavkat Mirziyoev.
Bu işlarni tizimli olib boriş uçun Boş vazir rahbarligida qişloq xöjaligi maşinasozligi masalalari böyiça komissiya tuzilişi belgilandi.
Avvalo, Çirçiqdagi klasterga köçirilgan quvvatlar negizida kul'tivator, seyalka, kosilka, çizel', borona işlab çiqarişni boşlaş zarurligi ta'kidlandi. Şuningdek, Toşkent traktor zavodini ham köçirib, klasterni 2023 yil yanvardan töliq işga tuşiriş vazifasi qöyildi. Ungaça agroklasterlar va fermerlar talabini örganib, aniq buyurtmalarni şakllantiriş muhimligi aytildi.
Bugungi kunda yerni lazer orqali tekislaş texnikalariga talab yuqori. Şu bois, mutasaddilarga şunday texnika işlab çiqarişni yölga qöyiş topşirildi. Eskirgan traktorlardan töliq voz keçib, yangi milliy traktor modelini yaratiş böyiça körsatma berildi.
Paxtani kombaynda teriş uluşi joriy yilda 35 foizga, 2023 yilda esa 50 foizga yetkazilişi qayd etildi.
Yil yakunigaça Andijonda metall quyiş zavodini işga tuşirib hamda 90 turdagi butlovçi qismlarni mahalliylaştirib, texnikalar tannarxini kamida 12 foizga kamaytiriş mumkinligi körsatib ötildi.
Dehqon va fermerlarni öylantiradigan masalalardan yana biri – texnika buzilsa, uni tuzatiş, ehtiyot qismlar topiş va ta'mirlaş. Şu bois Prezidentimiz maşinasozlikda savdo va servis xizmatlari körsatiş böyiça yaxlit tizim yaratiş, 14 ta hududda servis markazi va 100 ta mobil guruhlar taşkil etiş zarurligini ta'kidladi.
Yangi texnikalar, umuman, qişloq xöjaligi mexanizasiyasi böyiça mutaxassislarni öqitiş böyiça ham vazifalar belgilandi.
Eslatib ötamiz, 2020 yilning iyul oyida hukumat qarorlariga muvofiq “Toşkent qişloq xöjaligi texnikasi zavodi”, “Toşkent agregat zavodi”, “Çirçiq qişloq xöjaligi texnikasi zavodi”, “Uz Claas Agro” va “Texnolog” AJ ustav kapitalidagi davlat uluşlarini “Özavtosanoat” AJ işonçli boşqaruviga ötkazilgandi.