UZAUTO MOTORSDA OMMABOP AVTOMOBIL MODELLARI TUNING...
Bir neça kun oldin iste’molçilar tomonidan telegram kanallar şuningdek boşqa internet tarmoqlarida UzAuto Motorsning avtomobil modellari orasida oq rang ustunligi böyiça muhokama olib borilgandi.
Uşbu muhokamada örtaga taşlangan savollardan “Nimaga ikki xil rangli avtomobil işlab çiqarmaysiz?” muhim ahamiyat kasb etdi.
UzAuto Motors uçun iste’molçilarning fikri juda muhim. Mijozlar tomonidan keng qöllab quvvatlanilgan uşbu taklif kompaniya tomonidan operativ tarzda körib çiqildi. Va 22-sentyabr kuni UzAuto Motors rahbariyati blogger va avtomobil işqibozlarini noodatiy dizayndagi Chevrolet Lacetti, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Nexia, Chevrolet Spark modellari bilan tanişişga taklif qildi.
Özgarişlar nafaqat kuzov rangiga, balki interyer dizayni, diska va logotiplarga ham ta'sir körsatdi. Korpusdagi qarama-qarşi çiziqlar, avtomobil rangiga moslangan örindiq dizayni, qoraytirilgan oyna – bu özgarişlarning hammasi ham emas. Aslini olib qaraganda Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobil modellarining tuning variant yaratildi.
Mavzuga befarq bölmagan 10 ga yaqin OAV vakillari va avtoblogerlar Asakadagi zavodga taşrif buyuriş taklifiga javob berişdi.
UzAuto Motors
UzAuto Motors
Delegatsiya UzAuto Motors vakillari hamrohligida ertalab törtta avtomobilda Toşkentdan Andijonga jönab ketdi. Xavfsizlik çoralari böyiça körsatma-filmni tomoşa qilib, tuşlikdan söng, UzAuto Motors mehmonlari uçun işlab çiqariş liniyalari böylab ekskursiya ötkazildi.
Avtomobillarni yiğiş sexi namoyiş etildi. Jurnalistlar va bloggerlarni UzAuto Motors boş direktori Bo Inge Andersson şaxsan özi kompaniyaning körgazma zalida kutib oldi. Boş direktor mehmonlarga uşbu mavzuga qiziqiş bildirganliklari uçun minnatdorçilik bildirib, körgazma zalida taqdim etilgan avtomobillar bilan taniştirdi hamda journalist va blogerlarni qiziqtirgan bir qator savollarga javob berdi. Bo Inge ekskursantlardan körganlari haqida öz taasurotlarini bölişişlarini söradi. Şuningdek, kompaniya rahbari iste’molçilarning sifatni yaxşilaş hamda uşbu avtomobillarni rasmiylaştiriş borasidagi xohiş-istaklari haqida fikrlari muhimligini alohida ta’kidlab ötdi.
UzAuto Motors
Faol munozaradan söng boş director mehmonlarga taşrif uçun minnatdorçilik bildirib, zavodda işlab çiqarişning majburiy töxtab qolganligidan söng ommabop modellar qayta işlab çiqarilişi tiklanganini e'lon qildi.
Şuningdek, janob Andersson bunday uçraşuvlarni doimiy ravişda ötkaziş taklifini bildirdi. Mehmonlar bildirilgan taklifga ijobiy munosabat bildirib va umuman tuning qilingan avtomobillardan mamnun bölişdi.