Rasmiy munosabat: UzAutöning fuqarolar qabulxonasi...
Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda UzAutöning fuqarolar qabulxonasidan video keng tarqaldi.
Fuqaro avval avtomobil sotib oliş böyiça ixtiyoriy ravişda imzolagan şartnoma şartlaridan norozili ekanligini bildirib qabulga kelgan. Kompaniya vakili tomonidan ikki tomondan imzolangan şartnoma şartlari xaridor va yetkazib beruvçi örtasidagi keyingi munosabatlarning asosi ekanligini tuşuntirişga qaratilgan barça urinişlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Qabulga kelgan fuqarolar orasida blogger ham bölib, uning maqsadi vaziyatni keskinlaştiriş va bundan öz foydasi yölida ya’ni blogiga auditoriyani jalb qiliş uçun foydalaniş bölgan. Fuqaro öz nomiga 10 ta şartnoma tuzişni va avtomobil yetkazib beriş muddatlarini qisqartirişni talab qiladi.
Kompaniya şartnomani imzolaşdan oldin şartnomaning özi, şartnoma şartlari va yetkazib beriş muddatini bilan diqqat bilan tanişib çiqib, söngra imzolaşlarini eslatib ötadi. Bunday holda, şartnomadagi imzo xaridor şartnomada körsatilgan şartlarga rozi ekanligini anglatadi.