«ASAKA-CITY» majmuasi birinçi xonadon egalarini qa...
2019-yilda Andijon viloyati Asaka tumanida "Asaka-City"zamonaviy turar-joy majmuasi qurilişi boşlandi.
Loyihaning umumiy qiymati $98 million bölib, 5000 oila uçun möljallangan. «Asaka city» turar joy majmuasini quriş Andijon viloyati Asaka tumanining arxitektura qiyofasini yanada yaxşilaş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ–4937-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-yilda investitsiya loyihalari doirasida investitsiya va kreditlarni özlaştiriş böyiça yiğma manzilli dasturga muvofiq taşkil etilmoqda.
Yangi uylar va binolar qurilişikda eng ilğor zamonaviy quriliş texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Joriy yilda “Asaka-City” turar-joy majmuasi xonadonlarining kalitlari öz egalariga topşirildi.Yangi xonadon egalari uy-joyning sifati va qulayligini yuqori baholaşdi. Köp qavatli uy-joylar UzAuto - Avtosanoat-Injiniring MÇJ va UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan bunyod etilmoqda.
Umumiy maydoni 53 gektarli hududda 4 600 ta xonadondan iborat 71 ta köp qavatli uy quriladi. Qolaversa, “Asaka City” majmuasida köp qavatli turar joylardan taşqari, 320 örinli 2 ta maktabgaça ta'lim muassasasi, 1500 örinli maktab, 250 örinli şifoxona, boğ, 10 000 kvadrat metr maydonga ega savdo markazi va boşqa obektlar quriladi.
E’tiboringizga “Özbekiston 24” telekanali jurnalistlari tomonidan tayyorlangan maxsus reportajni havola etamiz.