BYD dan Mustaqillik bayramiga munosib sovğa: avtom...
Dunyoning eng yirik yangi energiya vositalari işlab çiqaruvçisi hisoblangan BYD kompaniyasi birinçi özbek tilidagi aqlli avtomobil tizimini joriy qilmoqda. Endilikda, Özbekiston rasmiy dilerlaridan xarid qilgan BYD avtomobillari egalari öz avtomobillari bilan ona tilida gaplaşiş imkoniyati paydo böldi. Milliylikni namoyiş etuvçi mazkur jihatlar avtomobil işqibozlari uçun eng uluğ, eng aziz bayramiga munosib tuhfa bölmoqda.
"BYD avtomobillarini özbek tiliga moşlaştiriş jarayonida xitoylik muhandislar bilan birgalikda özbek yoş muhandislari ham iştirok etişdi. Şuningdek, mazkur avtomobillarga yaqin kelajakda mahallaiy sim kartalarning ham joriy qilinişi rejalaştirilgan va bu boradagi barça muhandislik işlari yakunlanib ohirgi sinov işlari amalga oşirilmoqda. Buning natijasida, yaqin kunlarda telefon orqali avtomobilni masofadan turib boşqariş, internet orqali dasturlardan foydalaniş imkoniyati yölga qöyilişi kutilmoqda," - dedi "BYD Uzbekistan Factory" kompaniyasi direktori Şafkatbek Alimov.
Avval xarid qilingan avtomobillar interfeysiga özbek tilini örnatiş BYD rasmiy dilerlik markazlarida yölga qöyilgan.
Ayni paytda "Jizakh Auto" zavodi negizida Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda mazkur avtomobillarni CKD usulda işlab çiqarişni (payvandlaş, böyaş va yiğiş) yölga qöyiş böyiça işlar olib borilmoqda. Bunga parallel ravişda avtomobil butlovçi qismlarini komponentlarni mahalliylaştiriş borasida ham keng kölamli işlar olib borilmoqda qolaversa, yuqori texnologiyali akkumulyator batareyalari va avtomobil elektrmotorlarini işlab çiqarişni taşkil etiş ham közda tutilgan.