“UzAuto Motors” kompaniyasi Özbekistonda uzoq kutilgan avtomobil – Chevrolet Onix yangi sedani uçun şartnoma beriş boşlanganini rasman e'lon qiladi.
“Chevrolet Onix – eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. Özbekistonda işlab çiqarilişidan ança oldin maşhur bölgan barça kutgan avtomobil. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interyer hamda qulaylik va xavfsizlik uçun barça zarur opsiyalarni özida mujassamlaştiradi.”– deb ta’kidlaydi UzAuto Motors Boş direktori Bo Inge Andersson
Chevrolet Onix avtomobilining taqdim etilayotgan komplektatsiyalari xaridorlarga özi uçun qulay bölgan "aynan öşa" avtomobilni tanlaş imkoniyatini beradi.
Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:
1,2 litrli 132 ot kuçiga ega turbo dvigatel hamda 6 poğonali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
1,2 litrli 90 ot kuçiga ega atmosferali dvigatel 5 poğonalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erişadi, şu bilan birga aralaş silkda 100 km uçun faqat 5,9 l va şahar taşqarisidagi yölda 4,7 l sarflaydi.
Zamonaviy dizayn
Avtomobil zamonaviy dizayn va qulaylik bilan birga xavfsizlik böyiça eng ilğor zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi. 5 örindiqli uşbu sedan sayohatlar uçun xoh u oilaviy xoh döstlar orasida yoki xizmat safari bilan şaylangan xodim bölsin umuman, barça-barça uçun ham birdek ideal.
Özining yorqin körinişi bilan Chevrolet Onix yöllarda alohida taassurot uyğotib, qulay haydaşni kafolatlaydi. Chevrolet Malibu avtomobili bilan öxşaşligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolişmaydigan mustahkam va zamonaviy taşqi köriniş beradi.
UzAuto Motors kompaniyasining Boş direktori Bo Andersson: “Özgaça dadil eksteryer va yuqori texnologiyali interyer dizayni örta darajadagi avtomobil qanday bölişi mumkinligi haqidagi tasavvurni özgartiradi”, dedi. “Bu zamonaviy dizayn özgaça bir katta bölişi şart emasligini namoyiş etadi.”
Futuristik yoritiş texnikasi yon atrofdagilarning e’tiborini jalb etadi. Bu heç bir avtomobil ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi.
Kuzovdagi gorizontal çiziqlar avtomobilning zamonaviy dizayn uslubiga ega ekanligiga urğu beradi. Ular diod optika yoruğlik elementlari bilan birgalikda avtomobilga yorqin va taniqli köriniş beradi, mukammal işlangan kunduzgi diod optikasi esa Onixni keçayu-kunduz közga taşlanadigan qiladi.
Texnologik interyer
Chevrolet Onix interyeridagi çiziqlar va yorqin elementlar avtomobilning siğimliligini ta’kidlaydi. Va kenglik hissini yaratadi, buning barçasiga avtomobilning keng platformasi orqali erişiladi.
Ergonomik asboblar paneli körinişni yaxşilaydi va yengillik hissini beradi.
Displey avtomobilning yuqori texnologiyali dizaynining markaziy qismidir, intuitiv 8 dyuymli axborot-köngiloçar tizimi esa yuqori darajadagi premium va qulay boşqarişni qöşadi.
Qulay va oson boşqariş
Chevrolet Onix boşqarişni qulay va zavqli qiladigan barça detallarga ega.
4LT komplektatsiyasida bazaviy optsiyalaridan taşqari avtomobilga kalitsiz kiriş smart kalit (key) va yoqiş START/STOP tizimi, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.
Avtomobil isitiş tizimiga ega çarm qoplamali rul va yuqori sifatli mato qoplamali sport uslubidagi örindiqlar bilan jixozlangan, şuningdek salonda simsiz quvvatlaş tizimi mavjud.
LS komplektatsiyasidan taşqari barça komplektatsiyalar Bluetooth va Hands-Free hamda 8 dyuymli sensor displeyga ega rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.
Avtomobilning soddalaştirilgan komplektatsiyasidan taşqari barça komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kalonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslaştiriş, haydovçi örindiğini balandligini sozlaş, tezlikni çeklovçi va boşqa bir qator qulaylik uçun zarur bölgan opsiyalarga ega.
Bundan taşqari, komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka kötarilişga yordamlaşuvçi tizim, faralar öçişining keçiktirilişi tizimi (Follow Me Home), töxtaş tizimi datçiklari (Park-Assist) va bolalar örindiğini örnatiş tizimi ISOFIX bilan jihozlangan.
Chevrolet Onix xavfsizligi
Barça Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqçasi hamda ABS va ESC (barqarorlikni elektron nazorat qiliş) tizimi bilan jihozlangan.
Top versiyalaridagi kruiz kontrol tizimi optimal boşqaruvni ta'minlaydi, uzoq masofalarga yengil va qulay harakatlaniş imkonini beradi, faol xavfsizlik tizimlari baxtsiz hodisalarning oldini olişga yordam beradi va avtomobilning turli yöl qismlarida hamişa barqaror turişini ta'minlaydi.
Bundan taşqari, soddalaştirilgan komplektatsiyasidan taşqari barça komplektatsiyalarda tezlikni çeklovçi va şinalar bosimining monitoring tizimi mavjud.
2023-yilda Chevrolet Onix avtomobilidagi qöşimça opsiyalar:
• klimat kontrol;
• yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) töxtaş tizimi;
• old partroniklar;
• körinişi çeklangan joylar nazorati datçigi;
• orqa örindiq isitiş tizimi;
• lyuk;
• töliq svetodiod optikasi va orqa gabarit çiroqlar.
• salonda haydovçi, old örindiq va orqa örindiq yölovçilar uçun alohida yoritiş tizimi;
• 16’ orginal dizaynli quyma disklar.
Ayni vaqtda Chevrolet Onix avtomobilining quyidagi komplektatsiyalariga buyurtma beriş mumkin:
* Soddalaştirilgan komplektatsiyadagi avtomobilni buyurtma beriş istagida bölgan xaridorlar vakolatli dilerlik markazlari yoki info@uzautomotors.com elektron manziliga ariza qoldirişlari lozim. Yetarli miqdordagi arizalar töplangandan söng, kompaniya uşbu avtomobil işlab çiqarilişini belgilangan tartibda örganib çiqadi. Uşbu komplektatsiya tarkibi haqidagi ma’lumotni vakolatli dilerlik markazlaridan aniqlaştirişingiz mumkin.
"UzAuto Motors"ning rasmiy saytidagi yangi avtomobilni sotiş uçun avtorizatsiyadan ötgan dilerlik markazlaridan sotib olişingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot oliş uçun (+998) 78–141–77−77 raqamiga qönğiroq qilişingiz yoki www.chevrolet.uz va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga murojaat qilişingiz mumkin.