“Spark”lar kimniki? Ularni qayerga olib ketişyapti...
Bugun internet tarmoğida «Қанча "Спарк" керак?» sarlavhasi ostida Angren şahridagi Yuk ortiş va tuşiriş terminalida suratga olingan Chevrolet Spark rasmlari keng tarqaldi.
Kompaniya berilgan postdagi noaniqlik tufayli, joriy yilning 20-avgust kuni 2022-yilda UzAuto Motors Chevrolet Spark avtomobillarini işlab çiqarişni töxtatişga majburligi haqida eʼlon qilganligini rasman ma’lum qiladi. Bu qaror joriy yilning avgust oyidan boşlab, AQŞning General Motors kompaniyasi tomonidan uşbu avtomobillarni va ular uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişni töxtatiş haqidagi global qarori bilan boğliq.
“UzAuto Motors”ning uşbu avtomobil modeliga bölgan talabning yuqori ekanligi bois kompaniya mavjud qolgan butlovçi qismlardan işlab çiqarilgan Chevrolet Spark partiyasidan taşqari, eksportga yönaltirilgan avtomobillarni içki bozorga yönaltirişga qaror qildi.
20-avgust kunidan boşlab avtomobillar uçun kontraktatsiya boşlandi. Birinçi kunning özidayoq barça mavjud avtomobillar uçun jami 12 600 ta şartoma tuzildi: 8 200 dona Spark va 4 400 dona Nexia avtomobili.
Ularni barça dilerlik markazlariga yetkazib beriş işlari faol olib borilmoqda. Suratda allaqaçon mijozlar tomonidan şartnoma tuzilgan va keyinçalik mijozga yetkazib beriş uçun Angren şahriga yetkazilgan avtomobillar körsatilgan.
Tez orada Chevrolet Nexia avtomobillari ham Angren şahriga mijozlarga yetkazib beriş uçun jönatiladi.
Angren şahridagi Yuk ortiş va tuşiriş terminali UzAuto Motors’ning tarkibiy bölinmasi bölib, avtomobillarni Qamçiq dovonining ğarbidagi dilerlik markazlariga tarqatilişidan oldin tranzit saqlaş uçun möljallangan.