Futbol böyiça U-17 Osiyo kubogi ğoliblari Chevrole...
Bugun Toşkent xalqaro aeroportida futbol böyiça ön yetti yoşgaça bölgan ösmirlar örtasidagi Osiyo kubogi ğoliblari — Özbekiston U-17 terma jamoasi tantanali tarzda kutib olindi.
Saudiya Arabistonida bölib ötgan nufuzli musobaqada Özbekiston U-17 terma jamoasi jasorat namoyon etib, Osiyo kubogini qölga kiritdi va özbek futboli tarixida yangi şonli sahifani oçdi.
Yurtga qaytgan futbolçilar, ularning murabbiyi hamda şarhlovçilar faxriy unvon va medallar bilan mukofotlandi. Şuningdek, Davlat rahbarining sovğalari — Chevrolet avtomobillar ham tantanali tarzda topşirildi.
Yoş futbolçilarga Chevrolet Cobalt, ularni tayyorlagan murabbiyga esa Chevrolet Equinox avtomobillari topşirildi. Taqdirlaş marosimi yuksak saviyada ötkazildi va barçaga bayramona kayfiyat ulaşdi.
“Özavtosanoat” AJ tizimiga kiruvçi korxonalar jamoasi U-17 Osiyo kubogi qahramonlarini çin yurakdan tabriklaydi, erişilgan tarixiy yutuqlar bilan faxrlanadi va ularga kelgusi musobaqalarda yangi zafarlar tilaydi.