Sönggi yillarda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan korxona va taşkilotlar işçi xodimlari orasida sport-soğlomlaştiriş musobaqalarini taşkil etiş tobora an'ana tusini olmoqda. Ular qatorida “Özavtosanoat” AK ham tizimdagi 40 dan ortiq qöşma korxonalarda mehnat qiluvçi işçi xodimlar örtasida turli sanalar munosabati bilan sport-soğlomlaştiriş tadbirlarini ötkazib keladi. “Avtosankomplekt” MÇJ tomonidan kompaniya tizimidagi korxona va taşkilotlar örtasida taşkil etilgan Spartakiada musobaqalarining bu galgisi ham Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi “Qizilsuv” sport soğlomlaştiriş maskanida bölib ötdi. Suziş, yaqin masofaga yuguriş, darts, arğamçida sakraş, merganlik kabi 20 ga yaqin şartlardan iborat Spartakiada musobaqalarida “Özavtosanoat” AK, Özavtosanoat-lizing, Samarqand avtomobil zavodi va “GM Powertrain Uzbekistan”, ”ManAuto Uzbekistan” qöşma korxonalari hamda “GM Uzbekistan” AJ kabi işlab çiqariş korxonalari jamoalari iştirok etişdi. Qiziqarli va kötarinki ruhda ötgan musobaqalarning yakuniy natijalariga köra, faxrli örinlarni qölga kiritgan jamoalarga hamda turli nominatsiyalar böyiça ğolib deb topilgan iştirokçilarga diplom va esdalik sovğalari topşirildi.