Bugungi kunda köplab ogohlantirişlarga qaramay hanuzgaça vijdonsiz “tadbirkorlar” tomonidan fuqarolarning pullarini firibgarlik yöli bilan özlaştirilişi borasida faktlar uçramoqda.
Ayni kunlarda ayrim insonlar işonuvçan xaridorlarga hali sotuvi boşlanmagan Chevrolet Onix avtomobilini sotib oliş uçun şartnoma tuzişni taklif qiladigan holatlar kuzatilmoqda. Heç şubhasiz, uşbu e’lon işonuvçan fuqarolarni çalğitib, keyinçalik ularning pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan özlaştiriş uçun qilingan.
Şunday qilib, joriy yilning 13-oktabr kuni UzAuto Motors kompaniyasiga OLX xizmati orqali hali kontraktatsiyasi boşlanmagan Chevrolet Onix avtomobilini 160 485 217 söm qiymatida sotib oliş uçun şartnoma tuziş taklifi bilan e'lon joylaştirgan şaxslarning xatti-harakatlari haqida ma'lumot kelib tuşdi.
UzAuto Motors bayonotiga asosan va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining tezkor harakatlari natijasida fuqaro S.B. va uning şeriklari pul mablağlarini olayotgan vaqtda qölga olindi. 15-oktabr kuni uşbu fuqarolar ustidan jinoiy iş qözğatildi, unga köra tergov işlari olib borilmoqda.
Köpçilik bunday “tadbirkorlar”ning qurboni bölib kelayotgani va natijada na avtomobilni oladi, na pulini. Huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan ularning faoliyati töxtatilganiga qaramay, bu kabi holatlar hali ham davom etmoqda.
UzAuto Motors yangi avtomobil xarid qilişni istagida bölgan xaridorlardan ogoh bölişini hamda faqatgina rasmiy dilerliklarga murojaat qilişlarini sörab qoladi. Biz sizni firibgarlardan ogoh bölişga va faqat rasmiy manbalarga - kompaniyaning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari va telegram botlariga işonişingizni sörab qolamiz.
UzAvtoSavdo_bot – kompaniyaning rasmiy telegram-boti hisoblanadi. Xaridorlar @UzAvtoSavdo_bot yordamida öz şartnomasi böyiça töliq ma’lumotni oliş, taqdim etilayotgan modellar va avtomobillar narxlari bilan tanişiş, sotuvda mavjud avtomobillar va modellar soni haqida ma’lumotga ega böliş va şartnoma oliş imkoniyatiga ega.
Bundan taşqari, Siz uçun bizning avtomobilga şartnoma olişning oddiy va qulay usuli bölgan UzAvtoSavdo rasmiy ilovamiz işlaydi. Uşbu ilova yordamida siz işlab çiqarişda mavjud bölgan avtomobillarning xususiyatlari va modifikatsiyalari bilan tanişişingiz, sizni qiziqtirgan avtomobil qaysi avtosalonda borligini bilişingiz, tanlangan avtomobil uçun joriy navbatni bilişingiz, şuningdek navbatingizni kuzatişingiz mumkin. Yuqoridagilardan taşqari, mobil telefondan UzAuto Motors tomonidan işlab çiqarilgan avtomobilni töğridan-töğri yetkazib beriş böyiça şartnoma tuziş ham mumkin. UzAvtoSavdo ilovasi avtomobil sotib olişda şaffoflikni ta'minlaydi.
“Uzavtosanoat” AJ va UzAuto Motors’ning rasmiy veb-saytlarida kompaniya yangiliklarini kuzatib borişingiz mumkin:
Bundan taşqari, yangi avtomobil sotib olmoqçi bölgan xaridorlardan faqat rasmiy dilerlarga murojaat qilişlarini söraymiz. Rasmiy dilerlarning töliq röyxati bilan UzAuto Motors’ning veb-saytida www.uzautomotors.com tanişişingiz mumkin.
Eslatib ötamiz, agar bunday holatlar va noqonuniy xatti-harakatlarning guvohiga aylanib qolsangiz, zudlik bilan kompaniyaning 78 141 77 77 işonç telefoniga murojaat qilişingizni söraymiz.