9 may – Xotira va Qadrlaş kuni arafasida «GM Uzbekistan» AJ tomonidan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga hurmat va ehtirom tarzida xayriya aksiyasi uyuştirilib, sertifikatlar taqdim qilindi. Uşbu tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 aprelda e`lon qilingan «Xotira va Qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq amalga oşirildi.
Uşbu hujjatning ijrosiga kirişib, Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tomonidan taqdim qilingan röyxatga köra hududlar kesimini inobatga olgan xolda, faxriyning ismi şarifi yozilgan 1 631ta sertifikat tayyorlandi.
«GM Uzbekistan» AJ dilerlik korxonalari («Özavtotexxizmat» MÇJ tizimidagi korxonalar) vakillari hamda davlat boşqaruvi organlari mutassaddilari, mudofaa işlari bölimlari, «Nuroniy» Jamğarmasining joylardagi bölimlari va boşqa jamoat taşkilotlari vakillari birgalikda har bir uruş qatnaşçisining xonadoniga borib, hurmat va ehtirom bilan sertifikatlarni topşirdilar.
Ma`lumot örnida aytib ötiş kerakki, sertifikat 2017 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. Aynan mana şu muddat imkoniyati berilganligi sabab, uning egasi joriy yil davomida özi uçun qulay bölgan vaqtda dilerlik korxonalariga murojaat qilib, mahalliy avtomobillarning istalgan rusumini navbatdan taşqari olişi mumkin. Yana bir jihat, egasining yozma roziligi asosida uşbu sertifikatdan oila a`zolari va vasiylar ham foydalanişi mumkin.
Aslida, mazkur aksiyadan faqat hayrli maqsad közlangan edi. Lekin, turli ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari va ayrim OAV tomonidan bu tadbirga salbiy munosabat kuzatildi. Bir neça naşrlarda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga navbatsiz avtomobil oliş imkonini beruvçi sertifikatlarni taqdim qiliş haqidagi ma`lumotlar notöğri bayon va talqin qilindi. Ayrim ijtimoiy tarmoqlar esa özlarini tarğib qiliş maqsadida aksiya bilan boğliq ma`lumotlarni oşirib, kezi kelganda buzib ommaga yetkaziş bilan şuğullanmoqdalar. Bu dezinformatsiya tarqatiş bilan boğliq mutlaq notöğri harakat.
«GM Uzbekistan» kompaniyasi bunday axborot va xabarlar asossiz hamda haqiqatga töğri kelmasligini ta`kidlaydi.
«GM Uzbekistan» AJ va «Özavtosanoat» AK yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir uruş faxriysini hurmat qiladi, e`zozlaydi va ularning bosib ötgan umr yöllariga ta`zim bajo keltiradi. Musaffo osmon, bugungi tinçlik-farovonçilik, farzandlarimizning osuda hayoti va kelajagi uçun ulardan doimo minnatdormiz.