Ijtimoiy tarmoqlarda 89 km yurgan Chevrolet Cobalt avtomobili nosoz dvigatel bilan egasiga topşirilgani haqida ma’lumot tarqalmoqda.
Mazkur holat yuzasidan UzAuto Motors Powertrain mutaxassislari iştirokida texnik ekspertiza ötkazildi.
Tekşiruv natijalariga köra, avtomobil dvigateli zavodda nazarda tutilgan barça sinovlardan muvaffaqiyatli ötgani, şuningdek, uni işlab çiqariş jarayonida işlab çiqariş nuqsoni yoki texnologik jarayon buzilişi holatlari aniqlanmagani ma’lum böldi.
Örganiş davomida avtomobil 2023-yil noyabr oyida xarid qilingani, şundan söng ikki yarim yildan ortiq muddat davomida foydalanilmagani hamda belgilangan reglament asosida texnik xizmat körsatilmagani aniqlandi. Mutaxassislar xulosasiga köra, aynan şu holat dvigatel keyingi işga tuşirilganida nosozlik yuzaga kelişiga sabab bölgan.
Şunday qilib, ötkazilgan texnik ekspertiza natijalari avtomobil nosoz dvigatel bilan egasiga topşirilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamaydi. Yuzaga kelgan şikastlanişga işlab çiqariş nuqsoni emas, balki avtomobilni saqlaş qoidalariga rioya qilinmagani va öz vaqtida texnik xizmat körsatilmagani sabab bölgan.
Eslatib ötamiz, "Özavtosanoat" AJ barça kelib tuşayotgan murojaatlarga alohida e’tibor qaratadi hamda amaldagi qonunçilik doirasida faoliyat yuritadi.