Bugun ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Vazirlar Mahkamasining öqituvçilar uçun avtomobillarni tijorat banklari orqali 60 oy muddatga va 30 foiz dastlabki tölov bilan imtiyozli şartlar asosida xarid qiliş böyiça topşiriğini rad etgani haqida xabarlar keng tarqaldi.
“Özavtosanoat” AJ Vazirlar Mahkamasining topşiriğini rad etgani töğrisidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini hamda feyk xabar ekanligini ma’lum qiladi.
“Özavtosanoat” AJ tijorat banklari tomonidan Vazirlar Mahkamasining topşiriği ijrosi doirasida beriladigan imtiyozli avtokreditlar orqali avtomobillarni sotişga tayyor (tijorat banklarida jismoniy şaxslarning xaridlarini moliyalaştiriş uçun kreditdan boşqa mexanizm mavjud emas).
Bundan taşqari, xatning asl nusxasida avtomobil xarid qiliş uçun Asakabank, Aloqa Bank, Ipak Yöli Banki, InfinBANK, Biznesni Rivojlantiriş Banki, Asia Allince Bank va Tenge Bank orqali turli mexanizmlar, jumladan, imtiyozli şartlarda joriy etilganligi ma'lum qilinadi.
“Özavtosanoat” AJ ijtimoiy tarmoqdagi guruh adminstratorlaridan tekşirilmagan va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni söraydi.