Chevrolet Lacetti avtomobili uchun onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo platformasida 1 sekund ichida 170 mingdan ortiq murojaat bilan ulkan ulanishlar soni qayt etildi. Taqqoslash uchun, Internet Live Stats ma’lumotlariga ko‘ra, Google qidiruv tizimi bir soniyada 99 000 ga yaqin qidiruvlarni amalga oshiradi.
Ushbu vaqt ichida UzAutoSavdo tizimi 120 dan ortiq kiberhujumga uchradi, ammo ko‘rilgan choralar tufayli barcha kiberhujumlar oldi olindi.
Kontraktatsiya yakuniga ko‘ra, Chevrolet Lacetti avtomobilini xarid qilish uchun 4 500 ta shartnoma tuzildi.
Bundan tashqari, kompaniya yana bir bor mijozlarni ogoh va hushyor bo‘lishga va uchinchi shaxslar tomonidan to‘lov qilinmagan avtomobil shartnomalarini “sotib olmaslikni” ta’kidlaydi. Shu jumladan, boshqa elektron resurslardan.
Eslatib o‘tamiz, shartnomani boshqa shaxsga qayta rasmiylashtirish mumkin emas – xarid qilingan avtomobil faqat shartnomada dastlab ko‘rsatilgan shaxsga ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Agar siz bunday shartnomalarni “sotib olsangiz”, keyinchalik avtomobil sizga qayta rasmiylashtirilmasligining xavfi yuqori. Qolaversa, agar avtomobil egasining yaqin qarindoshlari (turmush o‘rtog‘i, farzandlari) sotishga ruxsat berishdan bosh tortgan taqdirda uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmaydi.
Bunday kelishuvlarda sizdan shuningdek avtomobil uchun to’liq to’lov qilish kerakligini ham talab qilishlari mumkinligini inobatga olsak, siz bu bilan nafaqat shartnoma uchun “mukofot”ni, balki shartnoma uchun qilingan butun to‘lov summasini yo‘qotishga tavakkal qilasiz.
Agar siz bunday kelishuvlar ishtirokchisi bo‘lsangiz, UzAuto Motors xaridor oldida hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.