“UzAuto” xodimlarining muvaffaqiyat tarixlari: Far...
Uning “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasidagi karerasi amaliyotni muvaffaqiyatli ötaşdan boşlandi, keyin kompaniyaning Logistika departamentida butlovçi detallarni muvofiqlaştiriş mutaxassisi maqomida iş boşladi. Hozirda Farangis Logistika departamenti boşliği lavozimida işlaydi.
Biz ruknimiz qahramoni bilan suhbatlaşdik va hayotidagi asosiy voqealardan xabardor böldik.
Kompaniyadagi xodimlarni rivojlantiriş dasturi borasidagi şaxsiy namunangiz qanday böldi?
“UzAuto Motors Powertrain”da xodimlarni rivojlantiriş va öqitişning juda samarali tizimi mavjud. Men Germaniya va Vengriyadagi yirik zavodlarda bilim oldim, u yerda mahalliy xodimlar öz tajribalari bilan bajonudil örtoqlaşdilar. 2018 yilda ITAP dasturi böyiça Tailandga, biznikiga öxşaş zavodga işçi jarayonlar bilan tanişiş va taqqoslaş uçun yuborildim.
Yetkazib berişlar zanjiri sohasidagi faoliyatimning boşidanoq men katta amaliy tajriba oldim, ammo uni nazariy bilimlar bilan mustahkamlaş istagi tuğildi. Şu sababli, 2016-2019 yillarda işim bilan parallel ravişda, men MBA – Biznesni boşqariş sohasida magistraturada “Global logistika va yetkazib berişlar zanjiri” yönalişida Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida öqidim. “Öqişga xarajatlarni qoplaş” siyosatiga muvofiq, kompaniya ta’lim olişga sarflagan xarajatlarimning bir qismini qoplab berdi.
Fikringizça, “UzAuto Motors Powertrain” boşqa kompaniyalardan nimasi bilan ajralib turadi?
Kompaniyamizda jarayonlar yaxşi yölga qöyilgan, ular standartlaştirilgan va şunday qurilganki, agar kompaniyaga yangi xodim kelsa, u öz işini muvaffaqiyatli bajariş uçun kerakli yöriqnomalarni bemalol topa oladi. Bundan taşqari, “UzAuto Motors Powertrain” xorijiy korporativ madaniyat elementlariga ega. Masalan, ofisda “open space communication” formati qöllaniladi – bu ofis xodimlari uçun oçiq yaxlit işçi muhit bölib, uning öziga xos jihati alohida xonalarning mavjud emasligida körinadi. Bunday format samarali işlaşga va hamkasblar örtasida qulay özaro munosabatlar örnatilişiga xizmat qiladi.
Qolaversa, “UzAuto Motors Powertrain”ning muhim jihati personalni rivojlantirişning samarali dasturi sanaladi, bunda xodim Kompaniyaning istalgan sohasida rivojlaniş uçun barça kerakli bilim va könikmalarni özlaştira oladi. Çunonçi, misol uçun, kadrlar xizmati departamenti muntazam asosda turli mavzularda öquv-treninglar ötkazadi.
Karerani endi boşlayotgan yangi xodimlarga qanday maslahat bergan bölardingiz?
Yoş avlodga men özi uçun yangi işga kirişişda dadil bölişni maslahat berardim. Asosiysi – maqsad qöyiş va unga erişiş uçun qadamlarni belgilaş va, albatta, sabr, mehnatsevarlik va öz ustida işlab mustaqil rivojlanişni unutmaslik.
Kompaniyadagi eng katta yutuğingiz nimada deb hisoblaysiz?
Asosiy yutuğim yaxşi öqitilgan personal va jamoaning işi töğri yölga qöyilganida deb bilaman. Agar xodimlar rivojlaniş istagini bildirsalar, men mamnuniyat bilan öz texnik bilimlarimni örtoqlaşişga tayyorman, zero bu jamoaning motivatsiyasini oşiradi, ularni texnik jihatdan rivojlantiradi va, bunga javoban, kompaniya ajoyib natijalarga erişadi.
Boşqa muhim jihat – bu xodimlarga nisbatan adolatli munosabat, men kommunikatsiya barça uçun şaffof bölişi kerak deb hisoblayman, xodimlar öz hissalari va işga munosabatlariga muvofiq rağbatlantirilişi lozim.
Jamoangizda köp narsa insonlarga boğliq – ular kompaniyaning eng muhim aktividir. Kompaniyaning barça yutuqlari bevosita yaxşi öqigan va motivatsiyalangan personalga boğliq.
Muvaffaqiyatning siri nimada?
Muvaffaqiyatimning siri – tirişqoqlikda va mehnatsevarlikda. Ammo eng muhimi – bu öz kasbiga muhabbatdir. Murakkab vazifaga duç kelib, qörquvni his qilganda men doim özimga aytaman: «köz qörqoq, qöl botir». Hatto nimaningdir uddasidan çiqa olmasam ham, muvaffaqiyatsizlikka öz maqsadimga erişiş yölidagi ajoyib saboq sifatida qarayman.