DUNYO YANGILIKLARI: «TOYOTA» KOMPANIYASI KUCHLI...
“Toyota” kompaniyasi SEMA tyuning-shousi uchun Land Cruiser 200 bazasiga qurilgan Land Speed Cruiserning prototipini tayyorladi. Mazkur yo‘ltanlamas 2000 ot kuchi quvvatiga ega dvigatel bilan jihozlandi.
Garrett kompaniyasining ikki turbinali V8 dvigateli 5,7 litr hajmga ega bo‘lib, u ATI Performance Products firmasi tomonidan maxsus tayyorlangan uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi. Toyota Land Speed Cruiser ning eng yuqori tezligi soatiga 354 km.ni tashkil etadi.
Toyota kompaniyasi mazkur loyiha haqida boshqa hech bir texnik ma'lumot bermagan. Yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi faqatgina “ushbu avtomobildagi har bir mayda qismgacha barchasining andozasi boshqa rusumlardan kelib chiqib, mustahkamligi oshirilgan holatda yaratilgan”ini ta'kidladi. Xususan, avvalgi rusumlarga qaraganda mazkur avtomobilning ramasi sezilarli darajada kuchaytirilgan.