Amerikaliklar eng işonçli avtomobillar markasini a...
Amerikaning Consumer Reports naşri dunyodagi yetakçi avtoişlab çiqaruvçi kompaniyalar örtasida işonçlilik reytingini tuzdi. Tahlilçilar öz izlanişlarida internet naşrlarida avtohavaskorlar örtasida ötkazilgan sörovnomalardan ham foydalanişdi.
Tadqiqot natijalariga köra, birinçi va ikkinçi örinlarni egallagan yapon avtomobillari eng işonçli avtomobillar deya e'tirof etilgan. Ayniqsa Lexus va Toyota avtomobillarida turli nosozliklar juda kam yuzaga kelgan. Bundan taşqari tadqiqot natijalariga köra, Buick, Audi, Kia, Mazda, Hyundai va Infiniti avtomobillari kuçli öntalikdan joy egallagan.
29 ta avtomobil brendlari orasida Ram, Fiat va Chrysler avto işlab çiqaruvçilarining mahsulotlari haqida salbiy fikrlar bildirilgan. Şuningdek, işonçsiz avtomobillar röyxatida töqqizinçi örinni zabt etgan Tesla işlab çiqaruvçisi ham bor.
«Tesla avtomobillari-töla quvvatlanganda 350 km masofani bosib öta olişi bilan ayni paytda eng yaxşi elektrokar nomini egallab turibdi. Mazkur avtomobillar qoniqarli darajada xarid qilinişi böyiça yetakçilikni qöldan bermay kelayotgan bölsa-da, oxirgi vaqtlarda işonçliligi böyiça örtadan ham pastroq darajaga tuşib qolgan»- deya yozmoqda öz hisobotida Consumer Reports naşri.