Keça UzAuto Motors Powertrain motor zavodida (Toşkent) tantanali tarzda yangi işlab çiqariş liniyasi işga tuşirildi. Bu voqeani Özbekiston avtomobilsozligidagi muhim hodisalardan biri deb ataş mumkin. Zavodda yangi dvigatellar oilasiga mansub CSS Prime işlab çiqariladi.
Yangi dvigatellar Asakadagi UzAuto Motors zavodida işlab çiqariluvçi Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker avtomobillariga örnatiladi.

Bugungi kunda UzAuto Motors Powertrain - MDHdagi içki yonuv dvigatellarini ham bir joyda quyib ham yiğişga möljallangan yagona zavod. Özbekistonda sanoat çiqindi suvlarini teskari osmos usulida çuqur tozalaş tizimidan foydalanadigan bitta-yu bitta zavoddir.

Işlab çiqariş liniyasidan unçalik uzoq bölmagan masofada işga tuşiriş timsoli sifatida qöyilgan tugma örnatildi. Tadbir mehmonlari Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker avtomobillarini işlab çiqarilişi bilan tanişişi va körgazma uçun qöyilgan dvigatellarni turli burçaklaridan kuzatişlari mumkin edi.
Taklif qilingan yetakçi OAV vakillari, blogerlar va zavod hamkorlari katta qiziqiş bilan uşbu liniyani işga tuşirilişi haqidagi kiçik filmni tomoşa qilişdi.
Tugmani bosiş imkoniyati korxonaning Boşqaruv direktori Saidazim Ğulomov va poytaxtning Sergeli tumani hokimi Elbek Şukurovga taqdim etildi. Tadbirga sözga çiqqan hokim bu zavodning mamlakatimiz uçun muhim örin tutişini alohida ta’kidladi: - Bizning mutaxassislarimiz ham zamonaviy yangi dvigatellarni işlab çiqarişi insonga ğurur bağişlaydi. Bizning mamlakatimiz xalqaro brendlarni yurtimizga qiziqişini oşiriş, mahalliylaştirişni kengaytirişni ustuvor maslalalardan biri deb biladi va bu zavodning oçilişi uşbu sohani rivoj topayotganini yorqin misolidir.
Loyiha rahbarlaridan biri hisoblangan Saidazim Ğulomov sözga çiqar ekan, bu zavodni kiçik muddatlarda işga tuşirişda jonbozlik körsatgan mutaxassislarga öz minnatdorçiligini izxor etdi. Bundan taşqari Ğulomov, kompaniya asosiy e’tiborini inson resursiga va hodimlar malakasini doimiy rivojlantirişga qaratişiga alohida urğu berdi.

Yangi liniyada işlaydigan korxona mutaxassislari: GROB, ADT, HOUSEN, FINE, HEXAGON kabi zavod liniyasidagi uskunalarning işlab çiqaruvçilari treninglarida qatnaşdi. Bundan taşqari, mutaxassislar GMS böyiça ham treningda qatnaşgan. (GMS - General Motorsning xalqaro işlab çiqariş tizimi)

Bu dvigatellarning öziga xos xususiyatlari - ular kuçli texnologiyalaştirilganligi, yoqilğini kam sarflaşi va turbinalarga ega ekanligi.
Bu dvigatellar UzAuto Motors Powertrain zavodida töliq yiğiladi, şu sababli, Onix va Tracker avtomobillarini umumiy lokalizatsiyasi foizlari ortişiga olib keladi.
Dvigatellar ikki turda işlab çiqariladi, atmosferali dvigatel CSS Prime 1.2 LIF, quvvati 66 kVt (89 l\s) va turbonadduvli CSS Prime 1.2 L4H, quvvati 97 kVt (131 l\s).

CSS Prime liniyasini işlab çiqariş uçun ajratilgan investitsiya miqdori 190 million dollarni taşkil etadi.
Liniya işga tuşgaç zavodning işlab çiqariş quvvati yiliga taxminan 400 000 donani taşkil etadi. (190 000 CSS Prime dvigatellari bilan) CSS Prime dvigatellarini teriş liniyasining quriş işlari 2022-yil yanvar oyida boşlangan edi. Liniyaning töliq işga tuşiriş uçun bir yildan kamroq vaqt yetarli böldi.
Yangi liniya Fransiya, Germaniya, Xitoy va Koreya davlatlarining yetakçi işlab çiqaruvçilariga tegişli uskunalardan taşkil topgan bölib, 55%i robotlaştirilgan.
Uşbu zavod 2008-yilda qurilişi boşlangan bölib, undan ilk dvigatel 2011-yilda çiqqan.
Ayni damda zavodda 1300 nafarga yaqin xodim işlamoqda.
Yangi dvigatellar xavfsizlik, işonçli va ekologik hususiyatlari böyiça barça talablarga javob beradi.
