2021 yilning 11 noyabrida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Çirçiq şahrida qişloq xöjaligi maşinasozlik klasterini taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 7-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan qişloq xöjaligi maşinasozligini yanada yangi bosqiçga kötariş, sohani tubdan modernizasiya qiliş, texnika haridida imtiyozlar joriy etiş, yangi mexanizmlar joriy etiş böyiça vazifalar belgilandi.
Mazkur qarorda bir qança vazirlik va idoralar qatori, “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga ham aniq topşiriqlar berildi.
7-son qarorda belgilangan vazifalar ijrosini zudlik bilan bajariş, mamlakatimiz qişloq xöjaligini zamonaviy, şu bilan birga hamyonbop texnikalar bilan ta'minlaş, qulay lizing şartlarida yetkazib beriş kabi bir neça masalalar yeçimi yuzasidan “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbari taşabbusi bilan “Avtosanoat agro lizing” lizing taşkiloti 15 noyabr' 2021 yilda taşkil etildi va davlat röyxatidan ötkazildi.
1 yanvar' 2022 yildan öz faoliyatini boşlagan “Avtosanoat agro lizing” faoliyatining asosiy yönalişi mamlakatimiz qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqaruvçilarning mahsulotlarini 7-son qaror talablari böyiça subsidiyali va imtiyozli şartlarda fermer xöjaliklari va klasterlarga lizing asosida yetkazib berişdan iboratdir.
Yil boşidan buyon “Avtosanoat agro lizing” lizing kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 200 milliard sömlik 600 dan ortiq zamonaviy qişloq xöjaligi texnika va agregatlari lizing asosida yetkazib berildi.
"UzAuto CV" MÇJ tizim korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan 260 dona turli xil yuqori unumli traktorlar, 30 dan ortiq ğalla öriş kombaynlari, 40 dona paxta teriş maşinalari, 120 dona tirkamalar, 10 dan ortiq aylanma omoçlar va boşqa turdagi texnikalar şular jumlasidandir.
Lizingga texnika oliş uçun talabning ortişi 7 – son qaror talabalari böyiça subsidiya ajratiş tartibi yölga qöyilgani bilan bevosita boğliq desak mubolağa bölmaydi.
Mazkur qaror bilan qişloq xöjaligi texnika va agregatlariga texnika umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratiş hamda lizing foizining 10 foizdan yuqori qismini subsididiya asosida davlat tomonidan qoplanişi qarorda aniq belgilab qöyilgan.
Joriy yilning ötgan davri mobaynida lizing asosida olingan texnika va agregatlar uçun jami 330 dona texnikalar kesimida jami 13,0 mlrd. sömlik subsidiyalar fermer xöjaliklari va klasterlarga ajratildi.
Mijozlar tomonidan mazkur mablağlar birinçi navbatda joriy texnikalardan hosil bölgan lizing qarzdorliklarini söndiriş maqsadida “Avtosanoat agro lizing” ga yönaltirildi.
Quvonarlisi, “Özbekiston lizing uyuşmasi” ma'lumotlariga köra, I-yarim yillik moliyaviy natijalar böyiça “Avtosanoat agro lizing” mamlakatimiz lizing bozorida 4 örinni egalladi. Faoliyatini boşlaganiga hali unça köp bölmagan lizing taşkiloti uçun bu ajoyib natija.
Bundan taşqari joriy yilning 28 iyulida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 335-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan 11 noyabr' 2021 yilda qabul qilingan 7-son qarorga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Yangi qaror talablari böyiça avvagli qaror röyxatiga kiritilmagan yuqori unumli haydov traktorlari, qator agregatlar hamda ğalla öriş kombaynlarining yangi modellariga ham subsidiya ajratiş tartiblari tasdiqlandi.
Yuqoridagilardan ham körişimiz mumkinki, qişloq xöjaligini zamonaviy texnikalar bilan ta'minlaş, imtiyozlar joriy etiş böyiça Prezident qarori amaliyotga töliq tatbiq etilgan.
Qaror bilan tasdiqlangan aniq mexanizmlar işlamoqda.
Mazkur qarorlarda “Özavtosanoat” AJga yuklatilgan vazifalar esa öz vaqtida va sifatli bajarilmoqda.
“Özavtosanoat” AJ rahbari taşabbusi bilan taşkil etilgan “Avtosanoat agro lizing” lizing kompaniyasi öz oldiga katta rejalarni qöygan holda mamlakatimiz qişloq xöjaligini zamonaviy texnikalar bilan imtiyozli hamda subsidiyalar asosida ta'minlaş borasida jadal işlar olib bormoqda.
