Turin talabalari tomonidan koinotga sputnik uçiril...
Özbekistonda ilk bor Toşkent şahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan işlab çiqarilgan CubeSat (nano sun’iy yöldoş) stratosferaga uçirildi. Vazni 2.5-3.0 kg bölgan, U-klasdagi uşbu apparat, kosmik tadqiqotlar olib boriş uçun bir neçta modullardan taşkil topgan 10 sm kub xajmdagi sun’iy yöldoş hisoblanadi.
CubeSat bir qator sensor qurilmalardan taşkil topgan bölib, yerdan uzoqlaşiş balandligini, stratosferadagi havo namligi, şamol tezligi, havoning ifloslaniş darajasi töğrisidagi va boşqa turdagi fizikaviy ma’lumotlarni onlayn tarzda universitetda joylaştirilgan ma’lumotlarni qabul qiluvçi stansiyaga uzatdi, kelgusida qabul qilingan ma’lumotlar geodeziya sohasida ilmiy-tadqiqot olib boriş uçun tahlil qilinadi. Şuningdek, CubeSat uçişi davomida video tasvirlarni onlayn tarzda uzatdi, uşbu ma’lumotlar yordamida kelgusida geo axborot tizimlari yönalişidagi tadqiqotlarda foydalaniladi. Uşbu yöldoşni bugun soat 5:30 da xavo harorati kötarilişidan oldin uçirildi. Troposfera qatlamini bosib ötgandan söng, 20 km balandlikda startosfera qamlamini zabt etdi. Maksimal balandlik haqida keyinroq xabar beriladi.
“Yurtimizda kosmik faoliyatni rivojlantirişga davlat rahbari tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. Xususan 2019 yil 30 avgustdagi PF-5806-sonli “Özbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantiriş töğrisida”gi farmoni asosida yurtimizda «Özbekkosmos» agentligining taşkil etilişi uşbu sohaga yoşlarimizni yanada qiziqişini uyğotdi. Bugungi tadbir doirasida kosmik tadqiqotlarga bağişlangan loyihani amalga oşirişdan maqsad, universitetimiz talaba-yoşlarini kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy-izlaniş, tajriba-konstruktorlik va innovatsion işlarni rivojlantirişga qiziqişini uyğotiş va uşbu sohada nazariy bilim va amaliy könikmalarga ega bölgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş”, - deb ta’kidladi Jamşid Şuxratullayeviç Inoyatxodjayev, Toşkent şahridagi Turin Politexnika universiteti rektori.
Loyiha muallifi Toşkent şahridagi Turin Politexnika universiteti talabasi Ziyodulla Butaxonov boşçiligidagi bir guruh talabalari.
Kosmik faoliyatni rivojlanişi kelgusida yer resurslaridan samarali foydalaniş, geo axborot tizimlaridan foydalangan holda geodeziya, kartografiya va kadastrni şakllantirişda yordam beradi.