“Asaka Real Lyuks” MÇJ direktorining murojaatiga r...
“Özavtosanoat” AJ 2018-yildan buyon Kompaniya va uning korxonalarida işlab çiqariş xarajatlarini modernizatsiya qiliş, mahalliylaştiriş va kamaytiriş, şuningdek, uşbu jarayonlarda korrupsiyani yöq qiliş va oldini olişga qaratilgan global transformatsiya işlari amalga oşirilayotganini xabar beradi.
Mahalliylaştiriş va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantiriş sohasidagi tahlil va örganişlar doirasida işlab çiqariş hajmini uçinçi şaxslarga asossiz ravişda ötkaziş faktlari, şuningdek, özlarini işlab çiqaruvçi deb e'lon qilib, mahsulot tannarxini asossiz ravişda oşirib yuborgan bir qator vijdonsiz yetkazib beruvçilar aniqlandi, garçi ular aslida vositaçilik funktsiyalarini bajargan bölsalar ham, şu jumladan butlovçi qismlar sifatini pasaytiriş orqali noqonuniy ravişda foyda körişgan.
Makzur faktlarga köra, bunday şartnomalarni bekor qiliş va uşbu butlovçi qismlarni kompaniya tarkibiga kiruvçi korxonalarning özlari tomonidan işlab çiqariş çoralari körildi. Şunday qilib, ötgan davr mobaynida 400 dan ortiq turdagi butlovçi qismlarni işlab çiqariş yölga qöyildi, bu esa narxni 23 foizga kamaytirişga, texnologik jarayonlar va sifat standartlari talablariga rioya qiliş orqali ularning sifatini oşirişga imkon berdi.
5-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Asaka Real Lyuks” qöşma korxonasining rahbari Zokirov Samandar Ravşanbekoviç tomonidan “Uzavtosanoat” AJga murojaat e’lon qilindi. Uşbu murojaatda “Asaka Real Lyuks” korxonasi rahbari öşa davrda butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan Ş.Alimovni “Asaka Real Lyuks” dan Chevrolet Damas avtomobili uçun (PANEL COMP. LH/RH DLX) komplektatsiyalarini sotib oliş majburiyatlarini bajarmayotganlikda ayblaydi.
“Asaka Real Lyuks” rahbari S. Zokirov tomonidan yozilgan murojaatga binoan, voqea tafsilotlarini batafsil örganiş uçun “Uzavtosanoat” AJ tomonidan maxsus işçi guruh tuzilib, joyida murojaatni örganiş uçun korxonaga yuborildi.
Ta’kidlab ötiş joizki, “PANEL COMP. LH/RH DLX (D0288303/04)” Chevrolet Damas avtomobilining dvigatel, uzatmalar qutisi va içki salon qismini ajratib turuvçi texnik jihatdan qiyin kompleks butlovçi qism hisoblanadi. Uni işlab çiqariş bir neça bosqiçlarda amalga oşiriladi, jumladan: metallni şakllantiriş va CO2 orqali payvandlaş, elektrodeposit böyoqlaş, böyoqlangan butlovçi qismni yuqori haroratda işlov beriş usuli bilan amalga oşiriladigan maxsus texnologiyadan foydalangan holda Silencer ovoz qaytaruvçi material bilan qoplaş, EPDM-Seal qismlarni yopiştiriş, folga qismini yopiştiriş va boşqa yordamçi qismlarni örnatiş.
Uşbu qismni işlab çiqariş uçun turli xil tonnajdagi press stanoklar, lazer orqali kesiş uskunalari, CO2 payvandlaş, ularning moslamalari, böyoqlaş liniyasi, komponentlarni yopiştiriş uçun maxsus peç va tayyor mahsulotlarni yiğiş liniyasi talab qilinadi.
Ammo, örganişlar natijasida “Asaka real lyuks” korxonasining yuqoridagi detalni işlab çiqariş va yetkazib berişning töliq sikli töğrisidagi bayonotiga qaramay, sanab ötilgan zarur jihozlardan faqat böyoq liniyasi mavjudligi, unda yetti turdagi texnologik jarayonlaridan faqatgina bir turdagisi tayyor qismlarni böyoqlaş jarayoni yölga qöyilganligi aniqlandi.
Uşbu holat şuni körsatadiki, aslida korxona aksariyat hollarda vositaçilik natijada detalning sifati va yakuniy narxiga ta'sir qilişi mumkin funksiyalarni bajargan.
Şuningdek, S.Zokirov öz murojaatida 2021-yil 9-aprel kuni “Asaka Real Lyuks” MÇJ “Uz-Tong Hong Co” AJ QK bilan yuqorida körsatilgan qismni işlab çiqariş va yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzganligini va keyinçalik noma’lum sabablarga köra töxtatib qöyilganligini körsatgan.
Biroq, mazkur şartnoma aslida dastlabki sinovlar va sinovlarni ötkaziş uçun detalning lokalizatsiyasini işlab çiqiş davrida qiymati 7,4 million söm bilan tuzilgan. Uzoq muddatli hamkorlik va katta hajmdagi yetkazib beriş böyiça kelişuvlar mavjud emas edi. Uzoq muddatli hamkorlik va katta hajmdagi yetkazib beriş böyiça kelişuvlar bölmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, texnologik jarayonlarning töliq emasligi va korxonada töliq işlab çiqariş siklining yöqligi sababli, mahsulot sifati General Motors Global standartlariga javob bermadi.
Sinovlar test ötkazilayotgan komponentlaridagi detal deformatsiyaga uçragani, qattiqligi, örindiqqa örnatiliş jarayonida kleydan ajrab ketayotgani körinişida nomunofiqliklar mavjudligini körsatdi. Bundan taşqari, ba'zi qismlar notöğri ötnatilgan bölib, folga bölagi muhr ustiga yopiştirilgan.
Qoniqarsiz natijalar bois avtomobil örindiqlari işlab çiqarişda foydalanişga yaroqsiz deb topildi, bu haqda “Asaka Real Lyuks” kompaniyasiga rasman xabar berildi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda şuni ta’kidlaş joizki, “Asaka real lyuks” MÇJda mahsulot işlab çiqarişning asosiy jarayonlari yölga qöyilmagan va kompaniya mahsulot sifatiga qöyiladigan talablarni ta’minlaş imkoniyatiga ega emas. Bu esa avtomobil işlab çiqarişni töxtatiş xavfiga olib keladi.
Şuni ta'kidlaş kerakki, 2021 yil iyul oyidan boşlab uşbu detal “Uz-Tong Xong Co” AJ QKda tegişli sifat va past narx bilan “Asaka Real Lux” MÇJ tomonidan taklif qilingan narxlarga nisbatan 15 foizga past bölgan holda işlab çiqarilmoqda.
Bundan taşqari, “Asaka Real Lyuks” MÇJ murojatida keltirilgan 60 iş örnini yöqotişlar böyiça örganiş işlari olib borildi, natijada uşbu ma’lumot örinli emasligi aniqlandi. Ayni paytda “Uz-Tong Hong Co” AJ QKda xuddi şu qismni işlab çiqarişga atigi 33 nafar xodim jalb etilgan.
Arizaçining “Uzavtosanoat” AJ xodimlari “Asaka Real Lyuks” MÇJdan körsatib ötilgan detalni sotib oliş majburiyatini bajarmaganligi haqidagi asossiz dalillari haqiqiy emas. Çunki u bilan investitsiya kiritib uzoq muddatli hamkorlik (yuridik şaxslar örtasidagi munosabatlarga asos hisoblanadigan) qiliş yuzasidan rasmiy şartnomalar, memorandumlar yoki kelişuvlar mavjud emas.
Eslatib ötamiz, “Özavtosanoat” AJ korxonalarida hamkorlikka jalb qilingan barça işlab çiqaruvçilar va yetkazib beruvçilar Özbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari töğrisida”gi qanun talablaridan kelib çiqib ehtiyot qismlar işlab çiqariş va yetkazib beriş bilan şuğullanadi. Korrupsion holatlarga yöl qöymaslik uçun barça yetkazib beruvçilar, jumladan, “Asaka Real Lux” kompaniyasi davlat xaridlari qoidalari, texnologik jarayonlarning zarur talablariga va sifat standartlariga rioya qiliş asosida UzAuto bilan hamkorlik qiliş huquqiga ega.