«MAN AUTO-UZBEKISTAN» QÖŞMA KORXONASIDAN YANGI YUK...
«JV MAN Auto-Uzbekistan» qöşma korxonasida bugungi kunda 50 turdan ortiq yuk avtomobillari va maxsus texnikalar işlab çiqarilmoqda. Yaqindan boşlab korxonada 10 m3 nominal siğimga ega MAN TGS 41.400 8X4 BB M072 rusumli avtobetonqoriştirgiç işlab çiqarilişi yölga qöyildi. Beton aralaşmasini gidravlik usulda orqaga tökib beriş imkoniyatiga ega mazkur avtomobil tayyor beton qorişmasini kimyoviy va texnologik xususiyatlarini saqlagan holda iste'molçilarga yetkazib beriş uçun möljallangan. Maxsus transport vositasiga örnatilgan aylanuvçi barabanlar beton aralaşmasini iste'molçiga yetkazib bergunça tarkibi özgarmasligini ta'minlaşga xizmat qiladi.
Avtomobil baquvvat va tejamkor MAN D20 dvigateli, zamonaviy Common Rail yonilği uzatiş tizimi hamda 16 bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Kuçaytirilgan ressorli osmalar, barabanli ABS tormoz va elektron nazorat tizimlari maxsus yuk avtomobilining har qanday şaroitda ham işonçingizni oqlaşiga kafolat beradi. N3 transport vositasi kategoriyasiga kiruvçi avtobetonqoriştirgiçning ğildiraklar formulasi 8x4 körinişga ega. Maxsus yuk avtomobilining gabarit ölçamlari: uzunligi 9 350 mm, kengligi 2 500 mm, yuk ortilgan holatdagi balandligi 3 840 mm. ni taşkil etadi. Avtomobilning qayriliş diametri 20,5 m ni taşkil etadi.