Koronavirus pandemiyasi oqibatidan butun dunyo avtomobil işlab çiqaruvçilari tobora zarar körmoqda. Natijada, hatto bir neçta tarmoqlar öz faoliyatini töxtatişga majbur bölişdi. Mana şunday qiyin bir paytda, “UzAuto Motors” kompaniyasi yana sizlarga murojaat qiladi.
Barçaga ma’lumki, yarimötkazgiçlarning global yetişmovçiligi butun jahon avtomobil sanoatiga öz ta’sirini ötkazdi. Va, afsuski, bu özbek işlab çiqaruvçilarining işiga ham ta’sir qilmay qolmadi. Sababi şundaki, mikroçiplarning tanqisligi “UzAuto Motors” kompaniyasi uçun yagona bölgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola işlab çiqaruvçi “Humax” korxonasini ham çetlab ötmadi. Koreya işlab çiqaruvçisi avtomagnitolani yetkazib berişni noma’lum muddatga töxtatganligi haqida rasmiy xat bilan murojaat qildi.
Mikrosxemalar yetişmovçiligi “UzAuto Motors” kompaniyasi uçun yagona bölgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola işlab çiqaruvçi “Humax” korxonasini ham çetlab ötmadi. Koreya işlab çiqaruvçisi avtomagnitolani yetkazib berişni noma’lum muddatga töxtatdi.
“Covid-19 sababli yarimötkazgiçlarga talab keskin ortdi. Bu esa, öz navbatida, hozirgi integral mikrosxemalarning yetişmovçiligiga olib keldi. … UzAuto talabini bajariş uçun biz imkon qadar hamma narsani qilyapmiz. Biroq biz bu global vaziyatni, muammoni özimiz hal qila olmaymiz. Integral mikrosxemalar tanqisligi natijasida yuzaga kelgan inqirozning zararini minimallaştiriş uçun Humax Automotive kompaniyasining barça xodimlari uşbu vaziyatni yaxşilaş hamda xabardorlikni oşiriş uçun kundalik işlarga jalb qilingan. Biz barça mavjud vositalar va resurslardan yeçim izlayapmiz.”– deya xabar beradi Humax Automotive .
Kompaniya avtomobillarni yetkazib beriş muddatining uzayişi, konveyerlarning töxtab qolişi hamda işçi örinlarning qisqarişini oldini oliş uçun boşqa avtomobil işlab çiqaruvçilar tomonidan bunday şaroitlarda amalda qöllanilgan yagona töğri qarorni qabul qildi – avtomobillarni magnitolasiz işlab çiqariş.
Joriy yilning 19 yanvar kunidan avval tuzilgan şartnomalar böyiça Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari “Humax” kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berişdagi uzilişlar sababli, mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi.
Xaridorning roziligi bilan amalga oşiriluvçi uşbu majburiy çoraning qöllanilişi yuzlab iste’molçilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilişini ta'minlaydi.
Uşbu vaziyatdan çiqiş uçun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etiladi:
– Işlab çiqaruvçi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning örnatiliş 1 067 000 söm miqdorda xarajatlarining qaytarilişi bilan yaqin orada öz avtomobilini magnitolasiz oliş. Xohişingizga köra, bozordan özingizga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani UzAuto Motors rasmiy dilerlarida örnatiş bilan avtomobilga berilgan kafolatni yöqotmaysiz.
– Avtomobilni keyinçalik tekin qayta jihozlaş bilan magnitolasiz olib ketiş. Işlab çiqaruvçi tomonidan magnitola yetkazib berilgandan söng, avtomobilni qayta jihozlaş.
Kompaniya xaridorlardan uzr söraydi. Sizni işontirib aytadiki, yuzaga kelgan noqulaylikni minimallaştiriş va har qanday vaziyatda murosa qiliş uçun imkon qadar barça işlarni qiladi.