“Özavtosanoat” AJda “Yilning eng faol yoş xodimi”...
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PQ-148-sonli “Yangi Özbekiston yoşlari – 2030” strategiyasini 2026–2027-yillarda amalga oşiriş hamda yoşlar bandligini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida “Özavtosanoat” AJda “Yilning eng faol yoş xodimi” körik-tanlovi taşkil etildi.
Tanlov yoşlarning kasbiy salohiyatini rivojlantiriş, ularning taşabbuskorligi, liderlik qobiliyati hamda innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaşga qaratildi.
Unda tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli va faol yoş xodimlar iştirok etib, öz bilim va könikmalari, ijodiy yondaşuvi hamda jamoada işlaş salohiyatini namoyon etdilar. Iştirokçilar beşta şart böyiça özaro bellaşib, ularning çiqişlari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Tanlov yakunlariga köra “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filiali Sifat bölimi boşliği Samandarov Bunyodbek 1-örinni, “UzAuto Motors” AJ Işlab çiqariş boşqarmasi yiğuv sexi yiğuv mexanika va yiğuv işlari çilangari Sattarov Islombek 2-örinni, “UzAuto Motors Powertrain” AJ Logistika departamentining Yuk taşiş va tayyor mahsulotni yetkazib berişni boşqariş bölimi mutaxassisi Uzakaliyev Davron esa 3-örinni egalladi.
Tadbir yakunida ğolib va iştirokçilar munosib taqdirlanib, ularga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.
“Yilning eng faol yoş xodimi” körik-tanlovi tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoş mutaxassislarning bilim va salohiyatini namoyon etiş, ularni yangi yutuqlar sari ruhlantiriş hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini şakllantirişga xizmat qiluvçi muhim platformalardan biri hisoblanadi.