“Özavtosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvçi tizim korxonalariga yoş, iqtidorli hamda yuqori bilim va könikmaga ega kadrlarni jalb qiliş tizimi samarali yölga qöyilgan. Oliy taʼlim muassasalari va u yerda tahsil oluvçi talabalar bilan doimiy hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida kompaniya Xodimlar bilan işlaş boşqarmasi hamda Toşkent şahridagi Xalqaro “Westminster” universitetining Karerani rivojlantiriş markazi va bitiruvçilar bilan aloqalar bölimi örtasida uçraşuv taşkil etildi.

Muloqot davomida özaro hamkorlikning yölga qöyilişi har ikki tomon uçun ham manfaatli bölişi ta’kidlandi. Yoş mutaxassislarning sohaga doir taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida mazkur universitet talabalari uçun Kompaniya xodimlari tomonidan oçiq kurslar taşkil etiliş böyiça fikr hamda takliflar ham örtaga taşlandi.

Endilikda, “Özavtosanoat” hamda “Westminster” universiteti hamkorligida avtomobilsozlik sohasini rivojlantirişga qaratilgan öquv-seminarlar hamda magistratura kurslari taşkil etiladi.

Şuningdek, mazkur Oliy ta'lim muassasasi xodimlari hamda talabalari uçun işlab çiqariş korxonalariga ekskursiyalarni taşkil etişga kelişib olindi. Ikki tomonlama hamkorlik böyiça ötgan muzokaralar juda muvaffaqiyatli yakunlandi.

Uçraşuv yakunida muhokama qilingan mavzular dolzarbligi va ikki tarafga ham hamkorlik örnatişda katta qiziqiş mavjudligi sababli “Kadrlar zaxirasini yaratiş” dasturi doirasida universitet bitiruvçi talabalarini kasbga yönaltiriş, yoşlar bandligini ta’minlaş böyiça hamkorlik aloqalarini örnatişga kelişib olindi.
