Özbekistonda avtomobil sotiş qoidalariga özgartiri...
Özbekiston Respublikasida yangi avtotransport vositalarini çakana sotiş tartibini yanada takomillaştiriş hamda iste’molçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 dekabrdagi 683-sonli qarori e’lon qilindi. Unga köra, unga köra, sotuvçi oldi-sotdi şartnomasini tuzişda barça iste’molçilarga teng imkoniyatlarni yaratadi.
Hukumat qaroriga binoan, agar bozorda ustun mavqega ega sotuvçida özi tomonidan işlab çiqarilgan avtotransport vositasini sotişda içki bozordagi talabni qondiriş imkoniyati mavjud bölmaganda, bir şaxs bilan 12 oy davomida avtotransport uçun ikkitadan ortiq şartnoma tuzilganda, sotuvçi keyingi 12 oy mobaynida uşbu mahsulot uçun qayta şartnoma tuzişdan boş tortiş huquqiga ega.
“Özavtosanoat” AJ Qaror loyihasini işlab çiqişda iştirok etganlardan biri sifatida uşbu qarorni avtomobilni özi uçun sotib olayotgan xaridorlarning huquqlarini ta’minlaşda öz vaqtida qilingan muhim qadam deb hisoblaydi.