Ötgan yilning noyabr oyida Qozoğistonning ikki viloyatining politsiya xizmati UzAuto Motors tomonidan işlab çiqarilgan Cobalt avtomobillarini sotib olgani haqida ma’lumot bergan edik.
Ukrainadagi Chevrolet ommaviy segmentining rasmiy distribyutori bölgan “Ravon Motors Ukraine” milliy politsiya faoliyatida qulayliklar yaratiş uçun Cobalt avtomobillarini yetkazib berdi. Kompaniya Ukrainaning Kiev viloyati politsiya boşqarmasi tomonidan Cobalt sotib olişda avtomobillarning qulay narxi va sifat borasidagi ustunligi asosiy omillar bölganini ta'kidladi.
Ukraina Milliy politsiyasi öz xizmat faoliyatida köpgina turli avtomobil işlab çiqaruvçilarning transport vositalaridan foydalanadi. Chevrolet Cobalt tanlovi uşbu avtomobilning öz segmentida yuqori sifati va işonçliligining yana bir tasdiğidir.