“Qişki maktab” oçiliş marosimi doirasida matbuot a...
Toşkent şahridagi Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida Janubiy Koreyaning Korea National University of Transportation (KNUT) hamda Ta’limni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida taşkil etilgan “Qişki maktab” oçiliş marosimi doirasida matbuot anjumani ötkazildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2023-yil 20-apreldagi PQ-128-son qarorida ta’lim sohasini rivojlantirişga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar olib boriş, ta’lim jarayoniga jahon ilm-fani hamda zamonaviy texnologiyalar yutuqlarini keng joriy etiş böyiça muhim vazifalar belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlaş maqsadida Janubiy Koreyaning Korea National University of Transportation universiteti bilan hamkorlikda Koreya ta’lim vazirligi granti asosida maktablarning yuqori sinflarida 2026–2030-yillarda informatika va axborot texnologiyalari fani doirasida sun’iy intellekt hamda robototexnika asoslarini öqitişni takomillaştirişga qaratilgan ODA grant loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Loyiha doirasida Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida koreyalik mutaxassislar iştirokida sun’iy intellekt va robototexnika asoslarini örgatişga qaratilgan “Qişki maktab” taşkil etildi. Joriy yilning 6–10-yanvar kunlari davom etadigan öquv maşğulotlarida Toşkent şahrining 12 ta tumanidagi maktablarning 10–11-sinflaridan 24 nafar öquvçi hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan 12 nafar öqituvçi iştirok etişi belgilangan.
Matbuot anjumanida qayd etilganidek, mazkur loyiha öquvçilarning STEM fanlariga qiziqişini oşiriş, ularni kelgusida muhandislik yönalişlarida oliy ta’lim olişga rağbatlantirişga xizmat qiladi.
Tadbirda Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Töyçiyev mazkur loyiha xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş bilan birga, yoşlarning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va könikmalarini oşirişda muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi.
Şuningdek, Korea National University of Transportation professori öz nutqida bugungi kunda sun’iy intellekt va robototexnika texnologiyalari jadal rivojlanib borayotganini qayd etib, yoşlarni uşbu yönalişlarga jalb etiş kelajak uçun muhim sarmoya ekanini alohida ta’kidladi.
Trening oçiliş marosimi doirasida Koreya milliy transport universiteti professor-öqituvçilari tomonidan öquvçilarga 21-asrda işlab çiqariş jarayonlarini avtomatlaştirişga oid master-klass ham ötkazildi. Unda robototexnika va sun’iy intellekt yönalişlarida bilim olişning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Trening jarayonlarini yanada samarali taşkil etiş maqsadida koreyalik hamkorlar tomonidan robototexnika laboratoriyasining moddiy-texnik bazasini şakllantiriş uçun Arduino töplamlari hamda PIBO robotlari olib kelindi. Uşbu jihozlar orqali öquvçilar nazariy bilimlarini amaliyotda sinab köriş imkoniyatiga ega böladilar.
Ta’kidlanişiça, tajriba-sinov sifatida amalga oşirilayotgan mazkur loyiha natijasida töplangan ijobiy tajribalarni kelgusida mobil laboratoriyalar yordamida respublikamizning çekka hududlaridagi maktablarda ham joriy etiş rejalaştirilgan.