Bugungi kunda Özbekistonda avtomobillarga bölgan talabning anomal ösişi kuzatilmoqda. Şubhasiz, UzAuto Motors jamoasi kontraktatsiyaning oylik ösiş sur’atini ta’minlaş uçun barça çora-tadbirlarni amalga oşiradi. UzAuto kompaniyasi tomonidan General Motors bilan 2023-yilda dunyodagi inqiroz şaroitida işlab çiqariş hajmini yiliga 500 ming dona avtomobilgaça oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Talabning anomal ösişi hamda global muammolar kuçayganini hisobga olib, ayni paytda ommabop avtomobillar uçun şartnomalar qabul qilişni vaqtinça töxtatib, barça sa’y-harakatni avval tuzilgan şartnomalar böyiça avtomobil işlab çiqarişga yönaltirdi.
Hozirgi şaroitda UzAuto Motors’ning asosiy maqsadi avval tuzilgan şartnomalar böyiça öz majburiyatlarini bajarişdir.
Avtomobil narxi bilan boğliq ma’lumotlar va boşqa yangiliklar haqida kompaniya özining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida rasman ma’lum qiladi.
Sizning qöllab-quvvatlaşingiz bilan tez orada yuzaga kelgan vaziyatni yengillaştirişimiz hamda ommabop avtomobil modellari uçun şartnomalar qayta yölga qöyilişiga işonamiz.