Hurmatli bakiroo, eng avvalo kompaniya faoliyatini kuçli qiziqiş bilan kuzatib borişingiz uçun minnatdorçilik bildiramiz. Heç bir xaridorimiz sizçalik kompaniyaga işqiboz emasligini e’tirof etmay iloj yöq. Bu albatta tahsinga sazovor.
Qiziqişlaringizni qöllab-quvvatlagan holda, insonning şa’ni, qadr qimmatini kamsitiş huquqiy jihatdan kafolatlanganligini eslatib ötmoqlikni joiz deb bilamiz. Fuqaroning boşqa bir fuqarodan köproq daromad topişi, bu uning aybi ham xatosi ham emas. Uning qiziqişini, xohiş talablarini baholaş siz-u biz uçun emas. Axir, boş Qomusimizda inson qadri va huquqlarini ta’minlaş muhrlab qöyilgan.
Xotirangizga keladigan bölsak, professionaligingizga heç bir şubha yöq. Ammo siz tomondan çiqarilgan xulosalarda noprofessionallikni köriş mumkin. Gap şundaki, bunda faqat bir tomonlama xulosalar çiqarilgan.
Barçaga ma’lumki, yarimötkazgiçlarning global yetişmovçiligi va logistika inqirozi şuningdek geosiyosiy turbulentlik butun dunyo böylab avtomobil sanoatini davomli inqirozga olib keldi. Mikroçiplar tanqisligi, yetkazib beriş zanjirining uzilişi va özaro sanktsiyalarning ta'siri köplab avtomobil işlab çiqaruvçilarni işlab çiqariş hajmini kamaytirişga, komplektatsiyalarni qisqartirişga va hatto zavodlar faoliyatini töliq töxtatişga majbur qildi.
Şuningdek, inqiroz natijasida butun dunyo böylab avtomobil yetişmovçiligi va uzoq kutiş vaqtlari yuzaga keldi. Yevropada xaridorlar öz avtomobillarini 22 oygaça kutişlariga töğri kelmoqda, navbatlar 2 yilgaça çözilgan Janubiy Koreyada ham xuddi şunday holat kuzatilmoqda. Şu bilan birga, dunyodagi inqirozlar avtomobillar narxiga ham sezilarli darajada ta’sir ötkazdi – faqatgina Özbekistondagi avtomobil brendlari öz narxlarini joriy yilning oktabr oyidan boşlab örtaça 8 foizdan ortiqroqqa oşirdi.
UzAuto Motors kompaniyasi global inqirozni işlab çiqarişni töxtatmagan holda, bundanda köproq-rekord hajmlar bilan, iş örinlarini köpaytirib, yangi zamonaviy modellarni işlab çiqariş va sotişni yölga qöyiş bilan yengişga muvaffaq böldi. Joriy yil davomida UzAuto Motors yiliga 300 ming avtomobilni işlab çiqarişni taşkil qiliş uçun zavodlarni maksimal işlab çiqariş quvvatiga keltirdi. Ötgan yilda işlab çiqariş hajmi 235 ming dona avtomobilni taşkil etgan bölsa, joriy yilda global inqiroz şaroitida kompaniya işlab çiqariş hajmini 31 foizga oşirdi. Yanvar oyidan to hozirgi kunga qadar 310 ming donadan ortiq avtomobil işlab çiqardi.
Özbekiston iqtisodiyotining ösişi va avtomobillarning mavjudligi sabab mamlakatda Chevrolet avtomobillariga talabning ğayritabiiy ösişi kuzatildi. Mutaxassislarning fikriça, mamlakatimiz fuqarolari yengil avtomobillarni yuqori likvidli investitsiya vositasi deb bilişadi. Agar ötgan yili Chevrolet avtomobillarini xarid qiliş böyiça örtaça oylik şartnomalar soni 21 000 dona bölgan bölsa, joriy yilning noyabr oyida 76 000 donadan ortiq şartnoma tuzilgan.
Biroq, Davlat Yöl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) ma’lumotlariga köra, 2022-yilda sotib olingan 90 000 dan ortiq avtomobil (yillik işlab çiqariş hajmining deyarli uçdan bir qismi) xaridorlar tomonidan qayta sotilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan ötkazilgan tahlillar (https://www.cerr.uz/uzc/post/publication/what-is-happening-with-the-car-market-in-uzbekistan-cerr-assessed-the-level-of-activity) ham "Olib sotarlar" sonining köpayganini tasdiqlaydi. Unga köra, kelişuvlar soni ötgan oyga nisbatan 41 foizga, ötgan yilning noyabr oyiga nisbatan esa 2,3 barobarga köpaygan. Şubhasiz, “Olib sotarlar”ning bunday yuqori uluşi oddiy xaridorlarning kutiş vaqtiga ta’sir ötkazdi va bozorda sun’iy tanqislikni yuzaga keltirdi.
Şubhasiz, UzAuto Motors jamoasi kontraktatsiyaning oylik ösiş sur’atini ta’minlaş uçun barça imkoniyatlarni işga solişda davom etmoqda. Işlab çiqariş hajmini oşiriş uçun butlovçi qismlarni, şu jumladan havo yöllari orqali yetkazib beriş yölga qöyildi va yuk taşiş muammolari hukumat darajasida hal qilindi. Uşbu va boşqa misli körilmagan çora-tadbirlar avtomobil butlovçi qismlarini maksimal darajada yetkazib berişga imkon berdi, bu esa öz navbatida zavodning uzluksiz işlaşini ta'minladi. GM va bir qator mikroçip işlab çiqaruvçilar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida yarimötkazgiçlarni qöşimça yetkazib beriş va inqiroz davrida prognoz qilinganidan köproq avtomobil işlab çiqariş imkonini berdi. Işlab çiqariş hajmini oşirişdan taşqari, kompaniya eksportga yönaltirilgan avtomobillarning bir qismini içki bozorga yönaltirdi.
Bundan taşqari, UzAuto kompaniyasi tomonidan General Motors bilan 2023-yilda dunyodagi inqiroz şaroitida işlab çiqariş hajmini yiliga 500 ming dona avtomobilgaça oşiriş böyiça kelişuvga erişildi. Ta'kidlaş joizki, işlab çiqariş quvvatining bunday sezilarli ösişi nafaqat vaqtni, balki keng kölamli investitsiyalarni ham talab qiladi.
Şu bilan birga ta’kidlaş joizki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 21 fevral kuni «Avtotransport vositalarining içki bozorini rivojlantirişni rağbatlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ–137-sonli qarori imzolangan. Xabaringiz bölsa, qayd etilgan qarorga muvofiq kiritilgan özgartirişlarga köra, avtomobillarni olib kirişdagi bojxona tölovlari stavkalari ikki bosqiçda pasaytirilişi belgilangan.
Xususan, qaror imzolangan paytdan boşlab, 2023 yil 1 yanvarga qadar bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga, avtomobil dvigatelining har bir kub sm uçun belgilangan qöşimça koeffitsiyentlar ham ikki baravarga qisqartirildi.
Avtomobillarni işlab çiqariş va sotiş xarajatlarini belgilaşda “UzAuto Motors” kompaniyasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga hamda amaldagi boşqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi, ya’ni avtomobil işlab çiqariş va sotiş bilan boğliq bölgan barça xarajatlarni hisobga olgan holda narxlar belgilanadi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan «UzAuto Motors» AJda avtomobil narxlarini töğri belgilanişi borasida Özbekiston Respublikasi qonunlariga amal qilişi ustidan doimiy ravişda davlat nazorati örnatilgan.
Avvalam bor, murojaatingiz uçun minnatdormiz. Qöşimça savollaringiz va takliflaringiz bölsa kompaniyamiz call-markaziga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga murojaat qilişingiz mumkin.
Kelgusida Kompaniyamiz faoliyatiga oid sönggi özgarişlar va avtomobil narxlari haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan www.uzautomotors.com saytida tanişişingiz mumkin.