Telegram kanal adminining keltirgan axborotiga köra, UzAuto Motors rasmiy dileri va mijoz örtasida tuzilgan şartnoma böyiça avtomobil narxi özgarib qöyilgan va heç qanday ogohlantirişlar berilmagan deya iddao kelttirilgan.
Siz va siz orqali şaxsi nömalum mijozga bu xabarni mutlaqo yolğon ekanligini va haqiqatga mutlaqo töğri kelmasligini bildirib ötamiz. Avvalambor, “UzAuto Motors” avtomobil narxlari amaldagi qonunçilikka qat’iy muvofiq va vakolatli organlar nazorati ostida tartibga solinadi va tasdiqlanişini ma’lum qilamiz.
Qolaversa, telegram kanal adminlaridan bunday böxton xabarlarni asossiz tarqatmasliklarini söraymiz. Mijozlardan esa, har qanday qöşimça savol va takliflar bölsa kompaniya call-markaziga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga murojaat qilişlarini sörab qolamiz. UzAuto Motors uçun har bir mijoz muhim, uning manfaatlari ustuvor!
Şuningdek, avtomobil narxi bilan boğliq ma’lumotlar va boşqa yangiliklar haqida kompaniya özining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida rasman ma’lum qilişini eslatib ötamiz. Kelgusida kompaniyamiz faoliyatiga oid sönggi özgarişlar haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan www.uzautomotors.com saytida tanişişingiz mumkin.