Bugun biz soha taşkil topgandan buyon faoliyat yuritib kelgan sanoat fidoiysi, yuqori darajali professional ajoyib inson Ğanijon Kamalovni xizmatlari evaziga haqli ravişda dam olişga kuzatyapmiz.
Ğanijon Kamalov Volgograd politexnika instituti muhandis-konstruktor fakultetining bitiruvçisi. UzAuto korxonalaridagi 25 yillik faoliyati davomida turli lavozimlarda xizmat qilib, köplab şogirdlar çiqargan.
Ğanijon aka sanoat sohasida qöşgan bebaho hissasini Asakaning Toşkent traktor zavodi filialidan boşlagan. 1994 yilda uşbu zavod örnida UzDaewoo Auto Uzbekistan-Korea qöşma korxonasi qurilişi boşlangan.
1995 yildan Asakadagi «UzAuto Motors» zavodida turli lavozimlarda işlab, köp yillar davomida muxandislik boşqarmasini boşqargan. Ğanijon Kamalov «UzAuto Motors» korxonasida işlab çiqarilgan köplab yangi modellarni özlaştirişda katta xissa qöşgan.
2011-yildan boşlab Ğ.Kamalov Uz Truck & Bus Motors zavodining sertifikatlaştiriş va standartlaştiriş bölimida işlagan. Şu kunga qadar korxona rivoji uçun öz bilimi va keng salohiyatini tadbiq qilgan holda korxonadagi yoş kadrlarga bilim va malakasini örgatgan.
Özining mehnat faoliyati davomida “Özstandart” agentligi bilan hamkorlikda yangi işlab çiqarilayotgan yuk taşuvçi transport vositalarining standartlarga muvofiqligini ta’minlab kelgan. Bundan taşqari, u korxonada işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni Rossiya va Qozoğiston respublikasi bozorlariga eksport qiliş uçun uşbu davlatlarning talablaridan kelib çiqqan holda sertifikatlaştirişda özining salmoqli hissasini qöşgan.
Har bir işga mas’uliyat bilan yondaşişi, murakkab muammolarni hal qiliş qobiliyati unga işlab çiqariş samaradorligida yuqori körsatkiçlarga erişiş imkonini berdi.
Mana bugun Ğanijon Kamalov Uz Truck & Bus Motors standartlaştiriş va sertifikatlaş bölimi boşliği lavozimidan nafaqaga çiqmoqdalar.
Ğanijon Ğulomoviç, Siz biz uçun hamişa qadrli xodim bölgansiz. Soha rivojiga qöşgan hissangiz, köp yillik mehnat faoliyatingiz va fidoyiligingiz uçun taşakkur! Kelgusidagi işlaringizda omad, sihat-salomatlik va farovonlik tilaymiz!