“CLAAS Central ACADEMY”si CLAAS nemis texnologiyas...
Tadbirda yuqori sifatli CLAAS texnikalariga qiziquvçi talabalar, mexanizatorlar, fermer va tadbirkorlar iştirok etişdi. TIIAME rektori, professor Bahodir Mirzayev özining tabrik sözida zamonaviy qişloq xöjaligida mexanizatsiyalaşning ahamiyati va Özbekistonda fermer xöjaliklarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş dasturi töğrisida töxtaldi. “Uz CLAAS Agro” MÇJ vakillari foydalanuvçilar uçun taqdimotli öquv maşğulotlarini ötkazişdi.
CLAAS Central ACADEMY vakili Sergey Butov bugungi kunda qişloq xöjaligi texnikasini işlab çiqariş böyiça Yevropada yetakçilardan biri bölgan Germaniyaning CLAAS kompaniyasining tarixi va faoliyati borasida qisqaça töxtalib seminarni boşladi. Iştirokçilar Özbekistonda taqdim etilgan CLAAS ğalla öriş kombaynlari va traktorlarining xususiyatlari hamda texnik tavsiflari bilan tanişişdi. Butov xulosa qilib, qişloq xöjaligini raqamlaştiriş haqida gapirib berdi.
CLAAS konserni 1913-yilda taşkil etilgan oilaviy kompaniyadir. U bugungi kunda qişloq xöjaligi texnikasini işlab çiqarişda jahon yetakçilaridan biri hisoblanadi. Boş ofisi Germaniyaning Hazervinkel şahrida joylaşgan.
Kompaniya kombaynlar bozori böyiça Yevropada yetakçi va yem-xaşak yiğiş maşinalari böyiça jahon yetakçisi hisoblanadi. CLAAS traktorlari, qişloq xöjaligi presslari va yem-xaşaklarni yiğiş maşinalari ham jahon qişloq xöjaligi texnologiyasida yetakçi örinlarni egallaydi. Mahsulotlar qatoriga raqamli yeçimlar va qişloq xöjaligi uçun eng yangi axborot texnologiyalari ham kiradi.
Kompaniya 2010-yildan buyon Özbekistonda DOMINATOR-130 rusumli ğalla öriş kombaynlari, AXOS 340C va ARION 630C traktorlari, MARKANT 55 presslaş maşinalarini işlab çiqarişni yölga qöygan.