“Turin x IT Park: AI Hackathon 2025” xakatoni öz n...
2025-yil 23–25-may kunlari Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti va IT Park Uzbekistan bilan hamkorligida, “Özavtosanoat” AJ boş homiyligida bölib ötgan sun’iy intellekt hamda kiberxavfsizlik böyiça xalqaro xakaton öz yakuniga yetdi.
Uç kun davomida xakaton iştirokçilari sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yönalişlaridagi öz loyihalari ustida işlaş bilan birgalikda malakali mentorlar kömagida amaliy tajriba orttiriş hamda yangi texnologiyalar bilan işlaş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamlaş imkoniyatiga ega bölişdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan e’lon qilingan yakuniy natijalarga köra, quyidagi jamoalar ğolib deb topilib, “Özavtosanoat” AJ tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi: 🥇 1-örin – "Nova" jamoasi – 50 000 000 söm 🥈 2-örin – "Doppi Dev" jamoasi – 30 000 000 söm 🥉 3-örin – "SmartSteps" jamoasi – 20 000 000 söm
“Turin x IT Park: AI Hackathon 2025” yoşlar uçun texnologiya, innovatsiya va hamkorlik muhitida tajriba orttiriş, şuningdek, sun’iy intellekt sohasidagi ilğor ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş imkoniyatini yaratdi.