Maʼlumki, Özbekiston yangi tarixida milliy iqtisodiyot investitsiyalarni jalb qiliş maqsadida protektsionistik çora-tadbirlar bilan qöllab-quvvatlandi. Biroq sönggi yillarda davlat teng biznes şaroitlarini yaratiş va şaffoflikni oşiriş maqsadida imtiyoz va preferensiyalarni muntazam ravişda qisqartiriş yölini oldi. Uşbu özgarişlar avtomobil sanoati faoliyatiga ham öz ta’sirini körsatdi.
Soliq imtiyozlarining bekor qilinişi natijasida, jumladan QQSni öz içiga olgan holda 2021 yildan boşlab “UzAuto Motors” AJ birinçi bor Özbekistonning eng yirik soliq tölovçilari öntaligiga kirdi, sanoat tarmoğining yalpi içki mahsulotdagi uluşi 5,6 foizini taşkil etdi. Birgina sönggi 5 yil içida “UzAuto Motors” AJ va 80 dan ortiq boşqa korxonalarni öz içiga olgan “Özavtosanoat” AJ pandemiya va dunyodagi geosiyosiy vaziyatga qaramasdan jami soliq ajratmalari 22,1 trln. sömni taşkil etadi.
Bugungi kunda “Özavtosanoat” AJ korxonalari soliqlarni, jumladan, QQSni Özbekistondagi barça xususiy korxonalar bilan bir qatorda tölaydi. Raqobatning kuçayişi va boşqaruvning yangiça yondaşuvi öz samarasini bermoqda. 2018 yil holatiga köra, ham işlab çiqariş sohasida, ham kompaniya boşqaruvidagi agressiv islohotlar sabab kompaniya öşa davrda 1,7 trln. söm foydani olişga muvaffaq böldi.
Şubhasiz, kompaniyaning moliyaviy yaxşilanişi UzAuto kompaniyasining xalqaro maydondagi imidjiga ham ijobiy ta’sir körsatdi. 2021-yilda UzAuto Motors London fond birjasiga 300 million dollarlik xalqaro yevroobligatsiyalarni joylaştirdi va şu yil boşida kompaniya mamlakatdagi eng yirik ommaviy taklifni (IPO) amalga oşirdi. Xalqaro kapital bozorining tölaqonli iştirokçisiga aylangan kompaniya mablağlarni davlat mablağlari iştirokisiz işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş va Özbekistonda yangi texnologiyalarni joriy etişga yönaltirdi.
Işlab çiqariş sifatini yanada yaxşilaş, avtomobil modellari qatorini yangilaş va BIQ-IV (Built-in quality) yuqori xalqaro sifat standartlariga ötiş Özbekiston, Qozoğiston va Ozarbayjon örtasida avtomobilsozlik konglomeratini yaratiş uçun qulay şaroit yaratdi. 2020-yilning martida Qozoğistonning Kostanay şahrida Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillarining yangi modellarini işlab çiqariş yölga qöyildi, ular öşa yilning özida xaridorlar orasida eng ommabop avtomobillarga aylandi. Bir yil ötib, 2021-yil sentabrida Ozarbayjonning Hajigabul şahrida işlab çiqariş liniyasi oçildi.
Sönggi beş yilda sohaning eksport salohiyatini oşiriş yuqori qöşimça qiymatga ega bölgan mahsulotlar eksporti hisobiga mamlakatimizga xorijiy valyuta tuşumini qariyb töqqiz baravarga oşiriş imkonini berdi, 2018 yildagi 58,7 millionga nisbatan yillik hajmi 2022 yilda qariyb 554 million dollarga yetdi.
Şubhasiz, maşinasozlik fan va texnika taraqqiyotini özida aks ettiruvçi jahon sanoatining muhim tarmoqlaridan biri sifatida sanoati rivojlangan mamlakatlarda yetakçi örinni egallaydi. Metallurgiya, neft-gaz hamda kimyo sanoati, elektrotexnika va boşqa tarmoqlar köp tarmoqli sanoatdan biri bölib, unda 1 ta iş örni turdoş tarmoqlarda 7 ta iş örnini yaratadi. Yuqori muhandislik salohiyatiga ega mamlakatlar orasida yetakçi bölişga imkon beradigan eng ilğor texnologiyalar sanoati fan va işlab çiqariş sohasida öz imkoniyatlarini yaratadi va kengaytiradi.