Bugungi kun holatiga köra “UzAuto Motors” AJda 14 000 nafardan ortiq xodim faoliyat olib bormoqda. Şundan 6 000 nafardan ortiğini yoşlar taşkil etadi. Kadrlar saviyasi har qanday taşkilotning istiqbolini belgilab berişini inobatga olib, korxona bilimli, malakali, jahon standartlari talablariga javob beradigan mutaxassislar yetiştiriş hamda ularning malakasini oşiriş uçun muntazam ravişda sarmoya kiritib boradi. Öz navbatida, 2022-2023 öquv yilida 5 yil iş stajiga ega bölgan 140 nafardan ortiq xodimlar korxona tavsiyanomasiga asosan öqişga qabul qilinib, kontrakt tölovlari qoplab berildi.
Qolaversa, bugungi kunga kelib Özbekiston avtomobilsozlik sohasida faoliyat yuritayotgan 30 ming nafardan ortiq xodimdan 70 foizi malaka oşirişga muhtoj. Bundan taşqari, sohaga har yili 1 000 - 1 500 yangi mutaxassislar talab qilinadi. Uşbu muammoni nafaqat avtomobilsozlik, balki boşqa işlab çiqariş tarmoqlarida ham hal qiliş uçun “Uzavtosanoat” AJ taşabbusi bilan Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Andijon şahrida “Industry 4.0” ilğor texnologiyalariga yönaltirilgan öquv markazini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi. Xorijiy mutaxassislarga sarflanadigan mablağlarni tejaş va professional muhandis texnik xodimlarga bölgan ehtiyojlarni yöqotiş, kadrlar zaxirasini yaratiş maqsadida uşbu ta’lim tizimi taşkil etildi.
Kadrlarning amaliy tayyorgarlik darajasini yangi bosqiçga olib çiqadigan işlab çiqariş va öquv jarayonlarining töliq sinergiyasi dual ta’lim şakliga köra 2022-2023-öquv yilidan boşlab korxona bölinmalari tomonidan tavsiya etilgan 60 nafar bilimli yoşlar universitetda tahsil oliş uçun çuqurlaştirilgan öquv tayyorlov kurslariga jalb etildi. Şundan 51 nafar yoş va iqtidorli xodimlar Toşkent Turin politexnika universitetiga tölov-şartnoma asosida öqişga qabul qilindi.
Xodimni uşbu tizimda öqitiş uni bir neça yildan söng boşqaruv lavozimiga qöyiş imkoniyatini yaratişi kompaniya uçun strategik jihatdan foydali qadamdir. Kadrlar bilim saviyasi va raqobatbardoşligi iqtisodiy işlab çiqariş va jamiyatning boşqa sohalari taraqqiyoti va raqobatbardoşligining asosidir. Boşlagan har bir işimizdagi sifat va samara aynan şu masala bilan çambarças boğliq.