Toşkent politexnika muzeyida “Yoş ixtiroçi” kuni n...
2016 yil 17 yanvarda Toşkent politexnika muzeyida birinçi bor “Yoş ixtiroçi” kuni nişonlandi. Tadbirning asosiy maqsadi, bolalarni texnika ijodkorligiga yönaltirib rağbatlantiriş, hamda jamiyat e'tiborini iqtidorli bolalarga qaratiş böldi.
Tarixda uşbu kun an'anaviy tarzda, maşxur siyosiy arbob, diplomat, olim, jurnalist, 15 yoşlik ösmirlik davrida birinçilardan bölib suzuvçi moslamaning dastlabki nusxasini kaşf qilgan va yasagan inson Bendjamin Franklinga bağişlangan.
Yilnomaning uşbu esda qolarli bölgan yoş ixtiroçilar kuni, endi Toşkent politexnika muzeyida ham nişonlanadigan böldi. Muzeyning ikkinçi qavatida maktab, litsey, kolledj va oliy ta'lim muassasalari öquvçilarining 31 kaşfiyoti keng omma e'tiboriga havola qilindi. Uzoq muddat davom etgan muhokamalar natijasida jyuri a'zolari tomonidan eng qiziq işlanmalar tanlab olindi , işlanma egalari esa diplomlar va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanişdi.
Tadbirda, uşbu konkurs – nafaqat erişilgan natijalar (yutuqlar) bilan ğururlanişga sabab bölmoği, balki özini körsatiş uçun imkoniyat bölmoği zarurligi ta'kidlandi. Köpçilik bolalarga – bu katta ilmlar sari boşlanğiç yöl va davlatimizning etakçi oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun imkoniyat böldi.
Muzey har yili uşbu kunda, qiziqarli ixtirolarga bağişlangan, turli xil körgazmalar ötkazişni rejalaştirmoqda.