Кuni keça Telegram kanallarning birida "Жентра 15 000 км юрган экан 1 грамм мой чиқмабти" deb nomlangan video tarqaldi. Bu esa jamoatçilik orasida turli xil tuşunmovçiliklarga sabab böldi.
Uzauto Motors bunday videoga befarq bölmadi. Samarqand şahridagi dilerlik markazi tomonidan örganiş işlari olib borildi.
Örganişlar natijasida uşbu avtomobil 2015 yilda işlab çiqarilganligi hamda 64 935 km masofa yurganligi aniqlandi. Video muallifi ma'lumotning notöğri ekanligini oldindan bila turib uni tarqatganligini diler tomonidan tasvirga olingan videoda yaqqol körişingiz mumkin.
Şubhasiz, uşbu video mijozlarni avtomobil moylarini almaştiriş punktiga jalb qiliş maqsadida tasvirga olingan va tarqatilgan.
Hurmatli mijozlarimizdan internet tarmoğida tarqatilayotgan har qanday tekşirilmagan axborotlarga işonib qolmasliklarini sörab qolamiz!
Kompaniya har qanday holatda ham xaridorlar va mijozlar bilan konstruktiv muloqotga kirişişga hamda har qanday muammoni ijobiy hal etişga tayyorligini, biroq bu kabi holatlar uçun qonuniy çora körilişini sörab huquqni muhofaza qiluvçi orgarlarga murojaat qilşga majbur bölişini ma’lum qiladi.