Hamroyev, Injiniringni rivojlantiriş bölimi boşliği, «UzAuto Motors» korxonasida 2012-yildan buyon işlaydi. Timur öz faoliyatini muhandis-konstruktor lavozimidan boşlagan.
2017-yilda Timur Yaponiyaning JDS grantini yutib oldi, bu unga dunyodagi yetakçi universitetlar beştaligiga kiruvçi maşhur Yokogama milliy universitetida magistr darajasini oliş imkonini berdi.
Biz Timur bilan suhbatlaşganimizda u öz tarixi haqida mamnuniyat bilan sözlab berdi.
– Aytingçi, aynan şu kasbni tanlaşingizning boş sababi nimada?
– Muayyan sababni aytişim qiyin, lekin, yangiliklarga qiziqiş bu tanlovimga asosiy turtki böldi, deb öylayman.
– Quyoş çiqar ölka (Yaponiya)da ta’lim grantini qanday yutib olganingizni sözlab bering?
– 2016 yilda öşa paytlardagi rahbarim Şavkat Alimov Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi Yaponiyaning JDS granti böyiça universitetlarda ta’lim olişga stipendiatlarni yiğayotganligini aytib, menga saralaş tanlovida qatnaşişni taklif qildilar.
Tanlov bir neça bosqiçdan iborat böldi, ularda ingliz tili (IELTS), matematika yönalişlaridagi bilim darajasi tekşirildi. Şuningdek, bosqiçlardan birida özingiz tanlagan universitet professorlari bilan suhbat ham közda tutilgandi.
Har bir bosqiçdan ötişdan oldin men Yaponiyada muvaffaqiyatli öqib kelgan hamkasblarimdan maslahatlar oldim. Bu ham mening tanlovdan muvaffaqiyatli ötişimga xizmat qildi.
Öz navbatida, men yetarliça bilim va könikmaga ega hamkasblarimni JDS grantlar dasturida qatnaşişga çaqiraman. Bu ham şaxs, ham sohadagi faoliyati rivoji borasida bebaho tajribadir.
– Olgan ta’limingiz tarmoğimiz uçun qanday manfaat keltirişi mumkin?
- Öz diplom işimda men elektromobillar uçun kuç qurilmasi komponentlarini işlab çiqdim. Elektromobillar nafaqat bizning mamlakatimizda, balki butun dunyoda nisbatan yangi yönalişdir. Yaponiyada olgan bilimlar mamlakatimizda elektromobillar komponentlarini loyihalaştiriş va mahalliylaştirişda foyda berişi mumkin.
– Hozirda qanday loyihalar ustida işlamoqdasiz?
Bugungi kunda bizning ustuvor vazifamiz yagona unifikatsiyalangan platformada avtomobillar işlab çiqarişga ötiş böyiça GM loyihasini öz vaqtida joriy etiş sanaladi. Şuningdek, “Damas” avtomobilga yangi opsiyalar joriy qiliş (tyuning) va modernizatsiyalaş böyiça işlar olib borilmoqda.
– Öz xarakteringizdagi işda natijaga erişişda Sizga yordam beruvçi asosiy jihatlarni sanab bering?
Işimizning natijasi – bu jamoaviy mehnat. Har qanday loyihani amalga oşirişda biz ustuvorliklarni töğri qöyişga, rol va majburiyatlarni taqsimlaşga intilamiz, şuningdek boşqalarni eşitiş va tinglaş mahorati ham muhim.
– Kelajak – elektromobillarniki, deb hisoblaysizmi?
Yaqin 10-15 yilda butun dunyoda elektromobillar işlab çiqarişning ösişi kutilmoqda, bu, öz navbatida, energiya iste’moli oşişiga olib keladi.
Içki yonuv dvigatelaridan elektr dvigateliga ötişdagi asosiy vazifalardan biri IYOD dvigatellarining taşlamasini kamaytiriş hisoblanadi. Hozirda elektr energiyasini işlab çiqariş uçun gaz va kömir işlatilmoqda, bu esa, öz navbatida, elektromobillarga ötiş jarayonining ham moliyaviy, ham ekologik samarasini tuşirib yuboradi.
Avtomobil sanoatining elektromobillarga ötişining samaradorligini ta’minlaş uçun, qisman bölsa-da muqobil energiya manbalariga ötişimiz kerak deb hisoblayman.
– Elektromobillar işlab çiqarişga ötilsa, avtomobil sanoati qanday murakkabliklarga duç kelişi mumkin? Maqsadli iste’molçilar bunday özgarişlarga tayyormi?
Elektromobilning asosiy va qimmatbaho komponentlaridan biri batareya sanalişini bilamiz. Elektromobillar işlab çiqaruvçilar asosan litiy-ion batareyalardan foydalanadilar.
Keyingi yillarda litiy va tarkibida litiy bölgan birikmalar qazib çiqariş hajmi ortişi kuzatilmoqda. Elektromobillar işlab çiqariş hajmining kengayişi bilan litiy yetişmovçiligi yuzaga kelişi mumkin. Şuningdek, litiy-ionli batareyalar utilizatsiyasi masalasi ham oçiq qolmoqda.
Xaridorlar uçun elektromobilni sotib olişdagi asosiy qiyinçilik narxining yuqoriligi böladi. Bilasizki, elektromobillar oddiy avtomobillardan taxminan 2 barobar qimmat turadi.
Javobini kutayotgan keyingi masala elektromobillar uçun tegişli infratuzilmalar (zaryadlaş stansiyalari, avtoservislar, ehtiyot qismlar va boşqalar)ni barpo etiş sanaladi.