“Özavtosanoat” AJda hujjatlar ijrosi böyiça iqtiso...
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topşiriği va “Özavtosanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan iqtisodiy öqişlar jadvaliga muvofiq, jamiyatning Ma’muriyat va hujjatlar ijrosi nazorati boşqarmasi taşabbusi bilan “Hujjatlar ijrosi nazorati böyiça 2025-yilning I yarim yilligida amalga oşirilgan işlar hamda II yarim yillikda rejalaştirilgan vazifalar” mavzusida iqtisodiy öqiş ötkazildi.
Tadbirda “Özavtosanoat” AJ rahbariyati, tarkibiy bölinmalar rahbarlari, tizim korxonalarining mas’ul xodimlari hamda Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili iştirok etdi.
Yiğiliş davomida Hisob palatasi mas’ul vakili tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli “Davlat organlari va taşkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati haqida atrofliça ma’lumot berildi.
Şuningdek, “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali kelib tuşgan topşiriqlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi. Ta'kidlanişiça, 2025-yilning birinçi yarim yilligi davomida tizim orqali jami 199 ta topşiriq ijrosi ta’minlangan bölsa, ikkinçi yarim yillik uçun 129 ta topşiriq ijroga yönaltirilgan.
Mazkur iqtisodiy öqiş jamiyatda hujjatlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni kuçaytiriş, ijro intizomini yanada mustahkamlaş, şuningdek, samarali boşqaruv va mas’uliyatli yondaşuvni kengaytiriş yölida muhim ahamiyat kasb etdi.