Davlat rahbari taşabbusi asosida “Özavtosanoat” AJ, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, “Agrobank” ATB va “Toşkent traktor zavodi” MÇJ hamkorligida “Uzagrostar xolding” kompaniyasi tasarrufidagi tadbirkorlar bilan uçraşuv taşkil etildi.
Tadbir doirasida taşkil etilgan körgazmada boğdorçilik, tomorqaçilik, paxtaçilik va ğallaçilik uçun möljallangan zamonaviy traktorlar, paxta teriş kombaynlari, seyalkalar hamda boşqa ilğor texnikalar namoyiş qilindi.
Oçiq muloqot ruhida ötgan uçraşuvda sohada mavjud ehtiyojlar, texnikalar xaridini moliyalaştirişning qulay mexanizmlari, lizing va bank xizmatlarini kengaytiriş hamda servis markazlari faoliyatini rivojlantiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Taşrif davomida mehmonlar “Toşkent traktor zavodi”ning işlab çiqariş maydonlarida bölib, mahalliylaştirilayotgan mahsulotlar, ilğor texnologiyalar va yurtimiz muhandislari mehnati natijasida yaratilayotgan texnikalarni kuzatdilar.
Şuningdek, tadbirkorlar zavodda işlab çiqarilayotgan zamonaviy texnikalarni xarid qiliş yuzasidan qator şartnomalar imzolaşga erişib, kelgusidagi hamkorlik uçun mustahkam zamin yaratdilar.